“Flagmanlar kushandasi-3”: OnePlus 3 smartfonining yangi dizayni iyun oyida namoyish etiladi

“Flagmanlar kushandasi-3”: OnePlus 3 smartfonining yangi dizayni iyun oyida namoyish etiladi

Xitoyning OnePlus startapi o‘zining yuqori texnik imkoniyatlarga ega, ammo hamyonbop smartfonlari bilan dunyo miqyosida tezda obro‘ qozongan. CNET bilan intervyuda kompaniya hammuassisi va direktori Karl Pey navbatdagi “flagmanlar kushandasi” yangi dizaynga ega bo‘lib, ikkinchi chorakning oxirlarida – iyun oyida namoyish etilishini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda Gagadget.com nashri xabar qildi.

Ishlab chiqaruvchi, shuningdek, sotib olish jarayonini ham soddalashtirishga va’da berdi. Bu esa yangi gadjetga talab dastlabki oylarda nihoyatda ulkanligi bois joriy etilgan taklifnoma tizimidan voz kechilishini anglatishi mumkin.

Kompaniyadagilarning umid bildirishicha, OnePlus 3 smartfoni OnePlus One`da bo‘lgani kabi xaridorlarda katta qiziqish uyg‘otadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unga Full HD displey, kuchli Qualcomm Snapdragon 820 protsessori va 4 Gb tezkor xotira o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, startapning avvalgi modeli — OnePlus 2 mobil qurilmalar bozorida muvaffaqiyatga erishgan OnePlus One apparatining navbatdagi avlodi hisoblanadi. Gizmodo blogida mazkur qurilmaning o‘ziga xos xususiyatlari alohida ta’kidlanadi. Unga «flagmanlar kushandasi» degan nom berilgan. Oxygen opersion tizimiga, 5,5 dyuymli AMOLED (1920×1080) ekranga, Qualcomm Snapdragon 810 8 yadroli protsessoriga, Google Android 5.1 operatsion tizimiga, 13 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega. 9,8 mm qalinlikdagi qurilmaning og‘irligi  178 gramm. Qurilma batareyasi  3300 mAsoat quvvat olish imkoniga ega. Bugun yetakchi bayroqdor qurilmalarda barmoq izlarini sensorli skaner qilish tizimining o‘rnatilishi yangilik emas. Mutaxassislar funksional jihatdan bu qurilma shu imkoniyatga ega Samsung Galaxy Note 5, iPhone 6S qurilmalaridan yaxshiroq ekanini ta’kidlashadi. Ushbu flagmanga oid boshqa ma’lumotlarni quyidagi maqola va yangiliklardan bilib olishingiz mumkin:

Google Nexus 6P yoki OnePlus 2: yetakchilik bayrog‘i uchun kurash

Yilning eng yaxshi smartfonlarida olingan suratlarni taqqoslaymiz

Bugunning eng foydali smartfoni nomi e’lon qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!