Flagmanlar “kushandasi” — OnePlus 5’ning narxi ma’lum bo‘ldi

Flagmanlar “kushandasi” — OnePlus 5’ning narxi ma’lum bo‘ldi

Ko‘pchilikning fikricha, Xitoyning OnePlus kompaniyasi smartfon bozorida tez g‘alaba qozongan noyob brendlardan biri. Jumladan, uning shu kunlarda taqdim qilinishi kutilayotgan OnePlus 5 flagman telefoni ham hozirdanoq barchaning e’tiborida turibdi. Buning bosh sabablaridan biri sifatida flagman dizaynini keltirish mumkin. Aniqrog‘i, uning ilk renderlaridan gadjet iPhone 7 Plus smartfoniga o‘xshab ketishi ma’lum bo‘ldi.

OnePlus’ning bosh direktori Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida brendning ishqibozlari bilan suhbat qurdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning yangi “bayroqdor” ilg‘or smartfoni $500 dollar narxida sotuvga chiqariladi.

OnePlus 5 smartfoni 5.5 dyuymli Full HD (1920×1080 pikselli) sig‘imli, Optic AMOLED matritsali displeyga ega bo‘ladi. Unga 2.4 Ggs chastota tezligida ishlaydigan, 8 yadro va 64 bitli Snapdragon 835 protsessori, Adreno 540 videokartasi, 6/8 GB tezkor va 64/128 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Smartfonda barmoq izlari skaneri, NFC moduli, 3300 mA soat sig‘imli akkumulyatori mavjud.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.