Flagmanlar kushandasi -- OnePlus 6 taqdim qilindi

Flagmanlar kushandasi -- OnePlus 6 taqdim qilindi

Yiliga bir dona va sifatli smartfon taqdim qilishni xush ko‘ruvchi OnePlus kompaniyasi bugun Londonda o‘tkazilgan tantanali tadbirda o‘zining OnePlus 6 flagman smartfonini taqdim qildi. Ekran o‘lchami 19:9 standartli bo‘lgan smartfon hozirda eng kuchli Android protsessor bo‘lmish Snapdragon 845 chipiga hamda 8 gigabaytli tezkor xotiraga ega bo‘lgani bilan o‘ziga xosdir.

OnePlus 6 modelining metalldan ishlangan orqa hamda old panellarini Corning Gorilla Glass 5 shishasi birlashtirib turibdi. Afsuski, buning evaziga smartfon simsiz quvvat olish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi.

6.28 dyuymli, 1080x2280 piksel sig‘imli ekran matritsasi Super AMOLED.

OnePlus 6 flagmani platformasi 2.45 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Snapdragon 845 protsessori, 6/64 Gb yoki 8/128/256 Gb tezkor va doimiy xotirasidan iborat bo‘lgan.

Kamera masalasida esa, bosh kamera 16 megapikselli hamda 20 megapikselli sensorlardan tarkib topgan. Bosh kamera optik barqarorlashtirish, portret rejimi, sekundiga 60 kadrli 4K video olish jihatlariga ega bo‘lgan. O‘tgan yili taqdim qilingan OnePlus 5T modeliga nisbatan bu flagman qorong‘uda nisbatan yorqin suratlar oladi.

OnePlus 6 "super slow motion", ya’ni sekinlashtirilgan video olish funksiyasiga ham ega bo‘lgan. Old kamera uchun 16 megapikselli sensor tanlangan.

OnePlus 6 o‘lchamlari: 155.7×75.35×7.75 mm, vazni: 177 gramm.

Qo‘sh SIM-kartali devays Android 8.1 boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Uning quvvati uchun 3300 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator mas’ul.

Aloqa imkoniyatlari sifatida 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11ac (dual-band, 2.4GHz and 5GHz) 2x2 MIMO, Bluetooth v5.0 hamda NFC, GPS/ A-GPS, USB Type-C (v2.0) tarmoqlari va 3.5 mm.li audio jekni aytish mumkin. Smartfon akselerometr, yorug‘lik sensori, raqamli kompas, giroskop, oraliq-masofa sensorlariga ega bo‘lgan.

Texnik jihatlar:
Ekran: 6.28 dyuymli, Full HD+ (2280 × 1080 pikselli), 19:9 o‘lchamli, AMOLED matritsali ekran Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan;
Protsessor: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845 hamda Adreno 630 video kartasi;
Xotira: 6 tezkor va 64 Gb doimiy yoki 8 Gb tezkor va 128GB / 256GB doimiy;
Operatsion tizim: Android 8.1 Oreo tizimining o‘zlashtirilgan OxygenOS 5.1 talqini;
SIM-karta: qo‘sh (nano + nano)
Kamera: Qo‘sh sensorli bosh kamera - 16 Mp (LED Flash, f/1.7 diafragma, 1/2.6″ Sony IMX519 sensori, 1.22μm piksel o‘lchamli) hamda 20 megapikselli (f/1.7 apertura);
Old kamera: 16 megapikselli;
Barmoq izi sensori: bor;
O‘lchamlari: 155.7×75.35×7.75 mm; Vazni: 177 gramm;
Aloqa: 4G VoLTE, WiFi 802.11 ac (2.4GHz + 5GHz), Bluetooth 5, GPS + GLONASS, USB Type-C;
Akkumulyator: 3300 mA soat, Dash Charge tezkor quvvat olish texnologiyasi.

OnePlus 6 "Mirror Black" (jilodor qora), "Midnight Black" (tim qora) hamda Silk White (jilodor oq) talqinlardagi ranglarda ishlab chiqariladi. OnePlus 6 modelining 6 gigabaytli tezkor hamda 64 gigabaytli doimiy xotira talqini jahon bozorida $529 dollardan, yuqori talqin (8/128 Gb) esa $579, eng yuqori (8/256GB) talqin esa $629 dollardan sotuvga chiqariladi.

OnePlus 6 joriy yilning 22 mayidan sotuvga chiqariladi. Oq korpusli talqinni esa yozning ilk oyida xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!