Flagmanlar orasida qay birining batareyasi eng ko‘p vaqtga yetadi?

  •   DiMaX
  •  1843
  •  17.10.2017 17:34

Flagmanlar orasida qay birining batareyasi eng ko‘p vaqtga yetadi?

Ommabop PhoneArena sayti turli smartfonsozlarning so‘nggi flagmanlari akkumulyatorlarini testdan o‘tkazib ko‘rdi. Bunda ular bitta to‘la quvvat bilan qanchalik uzoq vaqt ishlashi tekshirildi.

Buning uchun mutaxassislar tekshirishning maxsus metodikasini ishlab chiqishdi. U qurilmalarning avtonomligi – quvvati qancha uzoq vaqtga yetishini maksimal darajada aniqlash imkonini beradi.

Shunday qilib, PhoneArena sayti o‘tkazgan test natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi: 

Ko‘rib turganingizdek, mazkur versiyaga ko‘ra yetakchilik iPhone 8 Plus modeliga nasib etdi – u bitta quvvat bilan naq 10 soatu 35 daqiqa ishlay bildi.

Android-smartfonlar orasida esa LG V30 birinchilikni oldi – 9 soatu 34 daqiqa. Ikkinchi o‘rin OnePlus 5 modeliga nasib etdi, u 9 soatu 18 daqiqa ko‘rsatkichni qayd etdi. Kuchli uchlikni Xiaomi Mi Mix 2 yakunlab berdi, uning natijasi ham chakki emas – 9 soatu 5 daqiqa.

Eslatib o‘tamiz, mazkur sayt avvalroq ham shunga o‘xshash test o‘tkazgan, unda batareyaning qancha tez to‘lishi ham alohida tekshirilgan edi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!