Foydalanuvchisi 2 mlrd.ga yetayotgan Facebook oyiga $1 mlrd foyda ko‘rmoqda

Foydalanuvchisi 2 mlrd.ga yetayotgan Facebook oyiga $1 mlrd foyda ko‘rmoqda

Facebook’ning foydalanuvchilari soni 2 milliard kishiga yetayotgan shu kunlarda jahonning eng ommalashgan ijtimoiy tarmog‘i oyiga 1 milliard AQSh dollar daromad ko‘rmoqda. Jumladan, 2017 yilning ilk choragida kompaniya daromadi 3.1 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

Tarmoqqa reklama beruvchilar soni tobora oshib borayotgan bo‘lib, mobil telefonlar orqali reklama qilish hissasi oshgan.

Facebook’ning oylik faol foydalanuvchilari 1.94 milliard kishiga, ya’ni sayyoramiz aholisining chorak qismiga yetgan.
Foydalanuvchilar soni bo‘yicha 219 million kishi bilan 1-o‘rinda, Hindiston 213 million nafar foydalanuvchi bilan 2-o‘rinda turadi.

Facebook 13 yil avval tashkil etilgan bo‘lib, kelayotgan haftada uning foydalanuvchilari soni roppa-rosa 2 mlrd kishiga yetishi kutilmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni va ularning tarmoqda o‘tkazayotgan vaqt haji jadal oshib bormoqda. Jumladan, foydalanuvchilarning 3 dan 2 qismi har kuni Facebook’ka kirib ko‘radi.

Facebook’ning qisqa tarixi:

2004 yil — Mark Zukkerberg Harvard universitetidagi yotoqxonasida Facebook tarmog‘ini yaratadi.

2006 yil — Facebook 13 yoshdan oshgan barchaga ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berib, qayta aloqa imkonini yaratadi.

2007 yil — 1.6% aksiyasini Microsoft’ga $240 million dollar evaziga sotadi.

2008 yil — foydalanuvchilar soni 100 millionga yetdi.

2009 yil — “like” tugmasi muomalaga kiritildi.

2010 yil — Facebook daromad keltira boshladi.

2012 yil — Instagram tarmog‘ini $1 mlrd dollarga sotib oladi.

2012 yil — foydalanuvchilari 1 mlrd.ga yetdi.

2014 yil — WhatsApp chat ilovasini $19 mlrd dollarga sotib oladi.

2016 yil — Facebook Live to‘g‘ridan-to‘g‘ri videolar olib uzatish jihati tatbiq qilindi.

Uning asoschisi Mark Zukkerberg ayni kunda sayyoramizning eng boy kishilari qatorida turadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.