Forbes eng boy IT-magnatlar ro‘yxatini e’lon qildi

Forbes eng boy IT-magnatlar ro‘yxatini e’lon qildi

Forbes jurnali joriy yil uchun IT-sohada faoliyat yuritadigan jahonning 100 nafar eng boy tadbirkorlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatda Microsoft asoschisi Bill Geyts 84,5 mlrd dollar mablag‘ bilan yetakchilik qilmoqda.

Keyingi pog‘onalarni Amazon rahbari Jef Bezos (81,7 mlrd dollar) va Mark Sukerberg (69,6 mlrd dollar) band qilishdi. Oracle rahbari Larri Ellison 4-o‘rinda, Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin 5- va 6-o‘rinlarda kelishmoqda.

Yettinchi pog‘ona xitoylik Jek Maga nasib qildi.Tadbirkor Yuriy Milner mazkur ro‘yxatga kirgan yagona rossiyalik bo‘lib qolmoqda. U mazkur reytingda 3,5 mlrd dollar mablag‘ bilan 72-o‘rinni egallab turibdi.

Yuztalikka kirgan texnologiya olamidagi tadbirkorlar ro‘yxati bilan batafsil ushbu manzilda tanishing.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!