Ford kelajakni belgilovchi olti tendensiyani aniqladi

Ford kelajakni belgilovchi olti tendensiyani aniqladi

Xaridorning didi va tanlovi yillar o‘tgan sari o‘zgarib boradi. Bu holat avtomobil bozorining ham o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Quyida bozorning kelajagini belgilovchi olti tendensiyaning “uchini chiqaramiz”. Darvoqe, ular faqatgina avtomobil ishlab chiqarishga oid emas…

“Kattasi yaxshi” mezoni o‘zgaradi

“Katta” har doim ham “yaxshi”ligini bildirmaydi. Iste’molchilar tobora katta buyumga ega bo‘lishga emas, uning o‘z hayotiga ta’siriga qarab qoniqishga odatlanmoqda. O‘z boyligini el ko‘ziga namoyish etuvchilar esa atrofdagilarning g‘ashini keltira boshladi. Dunyo bo‘yicha 18 yoshdan 29 yoshgacha so‘ralganlar ushbu xulosani tasdiqladi.

Vaqt bundan buyon eng qimmatli resurs emas

Ishni o‘z vaqtida bajarish endi xususiyat bo‘lmay qoladi. Kechiktirish va orqaga surish me’yorga aylanadi. Umuman olganda, “vaqt” tushunchasiga munosabat qattiq o‘zgaradi. So‘ralgan katta yoshli kishilarning 72 foizi ilgari bekorchi ish deb hisoblagan mashg‘ulotlari endi behuda tuyulmayotganini aytishdi.

Tanlov muammosi

Internet xaridorga nihoyatda keng tanlash imkoniyatini taqdim etadi. Bu uning tanlov qarorini qiyinlashtiradi va oxir-oqibat xariddan voz kechadi. Do‘konga kirgach, ming xil moldan ko‘zi qamashib, boshi gangigan xaridor hech narsa olmay chiqib ketadi. Ford tadqiqotiga ko‘ra, dunyodagi katta yoshli odamlarning 73 foizi internet ehtiyoj sezilmaydigan juda ko‘p tovarlarni taklif etayotganligini bildirdi.

Texnologik spiral

Texnologiya kundalik hayotimizni osonlashtiryaptimi yoki murakkablashtiryaptimi? Ha, texnologiya sababli turmushimiz qulay va qiziqarli tus oldi. Ammo so‘ralgan iste’molchilarning 47 foizi texnologiya bizni dumbullashtiryapti deb hisoblar ekan.

Axloq masalasi

Hozir odamlar jamiyat qabul qilayotgan qaror uchun har doimgidan ko‘proq mas’uliyat sezmoqda. So‘ralganlarning 86 foizi odamlarni qiziqtirgan narsani ishlab chiqarish axloq masalasiga qo‘shimcha e’tibor qaratishga arziydi, deb hisoblashini bildirdi.

Ota-onalar uchun qopqon

Zamonaviy ota-onalar o‘zlari duch kelayotgan qiyinchiliklardan tez-tez arz qilishmoqda. Ford odamlarning 66 foizi farzandning muvaffaqiyatlari ota-onasining fe’l-atvoriga bog‘liq, deb baholashini aniqladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!