Fossil’ning aqlli soatlari: bir yo‘la yettita model

  •   Saroy
  •  1322
  •  22.06.2018 12:45

Fossil’ning aqlli soatlari: bir yo‘la yettita model

Fossil kompaniyasi har yili  aqlli soatalarning ko‘plab modellarini ishlab chiqaradi. Shunday ekan, 2018 yil ham bundan mustasno bo‘lmaydi.

AQShning FCC sertifikatsiya byurosi ma’lumotlar bazasida kompaniyaning  Wear OS tizimida ishlaydigan bir yo‘la yettita yangi soati paydo bo‘ldi. Qurilmalar quyidagi model raqamlariga ega bo‘ldi: DW7F1, DW7M1, DW7E1, DW7E2, DW7S1, DW7B1 hamda DW7T1. 

O‘QING: Tizen to‘xtatildimi? Samsung xodimlari endi Wear OS aqlli soatlarini taqib yuribdi

Sertifikatsiyaga ko‘ra, soatlar Bluetooth 4.2, Wi-Fi moduli va Google Pay’da simsiz to‘lovlar uchun  NFC (Near Field Communications) chipi bilan ta’minlanadi. Afsuski, qurilmaning boshqa jihatlari haqida xabar berilmagan, shu bois dezayn yoki narxi haqida hech narsa, deya olmaymiz.

Soatlar kelayotgan kuzda yangi Qualcomm chipi bilan birga taqdim etilishi mumkin, deyiladi ushbu xabarda.

O‘QING: Bolalar uchun smartfon: himoya va xavfsizlik sozlamalari

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!