FQB terrorchining iPhone tizimini buzishga qancha sarflagani aytildi

FQB terrorchining iPhone tizimini buzishga qancha sarflagani aytildi

Senator Dayenn Faynstayn 2015 yilning dekabr oyida Amerika qo‘shma shtatlarining San-Bernardino shaharchasida hujum uyushtirgan Sayed Faruq ismli terrorchining iPhone qurilmasini blokirovkadan chiqarish va smartfon tizimiga kirish uchun qancha sarflangani to‘g‘risida ma’lum qildi.

Siyosatchining aytishicha, bu ish professional hakerlar tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, AQSh Federal qidiruv byurosi iPhone 5c smartfonidagi ma’lumotlarni olish uchun davlat byudjetidan 900 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflagan.

AQSh Federal qidiruv byurosi avvaliga yordam so‘rab Apple korporatsiyasiga murojaat qiladi. Ishlab chiqaruvchi smartfon tizimini buzib kirilishini iPhone foydalanuvchilari to‘g‘risidagi axborot xavfsizligiga zid ekanini aytib, rad qilgan edi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!