Fransiya dasturchi, startaper va investorlar uchun 4 yillik vizani joriy qiladi

Fransiya dasturchi, startaper va investorlar uchun 4 yillik vizani joriy qiladi

Fransiya hukumati texnik mutaxassislar va ularning oilalari uchun sodda jarayon orqali uzoq muddatli viza berishga mo‘ljallangan French Tech Visa dasturini e’lon qildi.

Ushbu dastur yordamida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ishlaydigan dasturchilar, startaperlar va investorlar mamlakatda yashash uchun 4 yillik viza taqdim etiladi.

Shuningdek, hukumat tomonidan tuzilgan samarali startaplar ro‘yxati kirgan loyihalarga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar ham French Tech Visa olishlari mumkin bo‘ladi va ulardan viza muddati davomida faqat ushbu kompaniyada ishlash so‘ralmaydi, deb yozmoqda TechCrunch nashri.

Hozircha Fransiya rasmiylari ushbu dasturning qachon ishga tushirilishiga aniqlik kiritishmagan.

2015 yilda Fransiya chet ellik tadbirkorlar uchun ish vizasi va boshqa grantlar taqdim qiladigan French Tech Ticket dasturini ishga tushirgan edi.