Fransuz injeneri raqamli quyosh soati ixtiro qildi

Fransuz injeneri raqamli quyosh soati ixtiro qildi

Fransiyalik injener noyob quyosh soatining prototipini yaratganligi xabari tarqaldi. Ajdodlar topqirligi va zamonaviy texnologiya uyg‘unligida yaratilgan quyosh soatining tarkibiy qismlari 3D-printerda bosib chiqarilganligi diqqatga sazovordir.

Yangi qurilmaning ish prinsipi soyaga qarab vaqtni ko‘rsatishga asoslanadi, soatning o‘zida maxsus teshiklar borligi uchun vaqtni raqamli formatda ko‘rsatadi. Quyosh soatining qolgan qismlari qadimiy quyosh soatlari bilan bir xil.

Qurilmaning o‘ziga xosligi, aytib o‘tilganidek, vaqtni raqamli formatda ko‘rsatishidir.

Ikkinchidan, sutkaning soat 10:00dan 16:00gacha oralig‘idagi vaqtni ko‘rsata oladi xolos. Vaqtlar oralig‘i 20 daqiqa. Bular ixtironing kamchiliklari hisoblanadi, fransuz ixtirochisi nuqsonlarni to‘g‘rilash va takomillashtirish ustida ishlashga va’da berdi.