Fujitsu Stylistic R727 – Intel Kaby Lake protsessorida ishlaydigan planshet

Fujitsu Stylistic R727 – Intel Kaby Lake protsessorida ishlaydigan planshet

Fujitsu Forum 2016 konferensiyasida Yaponiyaning Fujitsu kompaniyasi yangi kompyuerlar qatorida Stylistic R727 nomli planshetni ham namoyish qildi, deya xabar bermoqda IXBT Notebook Italia saytiga tayanib.

Planshetning korpusi alyuminiy va magniy qorishmasidan ishlangan, og‘irligi – 830 gramm. Fujitsu Stylistic R727 so‘nggi avloddagi Intel Kaby Lake mobil protsessorida ishlaydi. Jumladan, unga Intel Core i3-7100U (2,4 GGs), Core i5-7200U (2,5-3,1 GGs) va Core i7-7500U (2,7-3,5 GGs) protsessorlarini o‘rnatish mumkin. Operativ xotirasining sig‘imi 4-16 GBni tashkil qiladi. M.2 to‘plagichning hajmi esa 128-512 GB doirasida.

Qurilmaga 12,5 dyuymli Full HD aniqligidagi PLS ekran, 5 va 2 MPli kamera, USB 3.0 port va Mini DisplayPort video-sloti o‘rnatilgan. Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 4.1, NFC va ba’zi versiyalarda LTE modullari ko‘zda tutilgan.

Planshet 2017 yilda sotuvga chiqadi, narxi hozirga noma’lum.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!