FullVision ekranli, o‘rta narxli Gionee M7 taqdim qilindi

FullVision ekranli, o‘rta narxli Gionee M7 taqdim qilindi

Ekran tomonlarining nisbati 18:9 sm.ga teng bo‘lgan gadjetlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Gionee kompaniyasi ham aynan shu o‘lchamli, o‘ziga xos yechimlarga ega devaysni taqdim qildi.

Yangi mobil aloqa vositasi -- Gionee M7 Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi. O‘lchamlari: 157 x 76 x 7.2 mm, vazni -- 180 gramm.

Gionee M7 smartfonining bosh o‘ziga xosligi – romsiz old paneli bo‘lib, yon ramkalar yupqa dizaynda ishlangan. Shu bilan birga, orqa panelning ko‘rinishi ham yomon emas. Metall korpusli gadjet qora, tilla, qizg‘ish hamda ko‘k tusli talqinlarda ishlab chiqarilgan.

Gionee M7 jihatlariga ko‘ra flagmanlar safidan o‘rin egallaydi. AMOLED matritsali ekranning diagonali 6,01 dyuym va piksellar sig‘imi FHD+ FullVision (2160x1080) belgiga teng. Old panelning 85% qismi ekrandan iborat.

Bu "aqlli telefon"ga yap-yangi Helio P30 (16 nm, 8 yadro, 2,3 GGs) chipseti, 6 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Ishlab chiqaruvchining aytishicha, smartfonga o‘rnatilgan 2 turdagi maxsus shifrlovchi chiplardan biri mobil to‘lovlarni, boshqasi shaxsiy ma’lumotlarni himoya qiladi.

Gionee M7 2 ta sensorli, 16 Mp f/1.8 + 8 Mp modullaridan iborat bosh kameraga ega bo‘lgan. Unda 3D fotosuratlar olish mumkin. Old kamera sig‘imi 8 Mp.

Gadjetning batareya sig‘imi taassurotli -- 4000 mA soat. Bu quvvat unga 43 soat suhbat qurish, 21 soat video ko‘rish, 123 soat musiqa tinglash imkonini beradi. Qolaversa, 18 Vt (9 V, 2 A) zaryadnik orqali smartfonni tezkor quvvatlash ham mumkin. Unda barmoq izlari skaneri, USB Type-C porti mavjud.

Gionee M7 uchun $423 dollar so‘ralmoqda. To‘g‘ri, qimmat. Biroq, devays komplektida simsiz Edifier W800BT audio-quloqchini, chexol, ekran uchun plenka va ekranni 1 yil mobaynida almashtirish mumkin bo‘lgan sug‘urta polisi borligi hisobga olinsa, bu narx o‘zini oqlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!