Fuqaroni 52 ta ma’lumotnomani to‘plashdan xalos qiluvchi “Notarius” tizimi ishga tushadi

Fuqaroni 52 ta ma’lumotnomani to‘plashdan xalos qiluvchi  “Notarius” tizimi ishga tushadi

Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekistonda birmuncha ko‘p murojaat qilinadigan davlat xizmatlaridan biri hisoblanadi. Notariusda oldi-sotdi bitimini ro‘yxatdan o‘tkazish hayotimizdagi eng og‘ir va qiyin jarayon ekanligini har birimiz bilamiz. Boisi, bu nozik jarayon fuqarodan 11 ta idoraga murojaat qilib, 52 ta ma’lumotni to‘plash (ko‘pincha bir birini takrorlovchi 17 turdagi ma’lumot), eng kamida 14 kun yugur-yugur bilan band bo‘lishni talab qiladi.

Toshkent shahrida 2017 yil 1 iyulidan, O‘zbekistonning boshqa mintaqalarida esa 2018 yil 1 iyulidan  “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushiriladi. Natijada, aholi notarial bitim uchun zarur hujjatlar uchun davlat idoralarida navbat kutib, vaqt yo‘qotmaydi, kerakli ma’lumotlarni shaxsan yig‘ish zaruratiga hojat qolmaydi. Bu to‘g‘rida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar tarqatmoqda.

O‘zaro elektron aloqa qilishga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot tizimini kiritish yordamida esa Notarial idoraga faqat ariza berishning o‘zi kifoya (shaxsiy kadastr raqami va pasport ma’lumotlarinigina taqdim etgancha).

Ushbu tizim quyidagilarni ko‘zda tutadi:

  • Turli muassasalardan ko‘p sonli, masalan, kommunal korxonadan kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlikning yo‘qligi, kadastr organlaridan mulkni boshqarish huquqi va ushbu ko‘chmas mulkni sotish mumkin emasligi bo‘yicha xatlovning yo‘qligi, pasport stoli yoki fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari (mahalla) dan yashovchi shaxslar miqdori, soliq organlaridan soliq to‘lovlari bo‘yicha qarzlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi va h.k. qog‘oz-ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha talablarni bekor qiladi;
  • notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan protseduralarni avtomatlashtiradi;
  • ko‘chmas mulk va avtomototransport vositalarini sotish hamda begonalashtirishga ta’qiq bo‘yicha ma’lumotlarning yagona bazasini shakllantirish;
  • notarial harakatlarni amalga oshirishda idoralararo o‘zaro elektron aloqa qilish yo‘li bilan davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
  • reglamentatsiya, shuningdek, fuqarolarga qulay bo‘lishi uchun kommunal korxonalar tomonidan sotishdan oldingi inspeksiyaga arizalar berishni soddalashtirish.

Mulkka huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga arizani ikki usul – Yagona interfaol davlat xizmatlari portali (YaIDXP)  (www.my.gov.uz) dagi shaxsiy kabineti orqali yoxud ariza beruvchida Internet tarmog‘iga ulanish imkoni bo‘lmagan hollarda – shaxsan notarial idoraga murojaat qilgancha berish mumkin.

Notariusning  o‘zi 3-5 ish kuni davomida  ko‘chmas mulkning oldi-sotdi (almashtirish yoki hadya qilish) bitimini notarial qayd qilish istagini bildirgan shaxslarda mulkka bo‘lgan huquq va qarzdorlikning mavjudligini tekshiradi.

Ushbu ma’lumotlarni taqdim etishga so‘rov Notarius tomonidan alohida idoralar va xo‘jalik organlariga elektron tarzda yuboriladi. Qarzdorlikning yo‘qligi haqidagi tasdiq ham davlat organlarining o‘zaro elektro aloqasi yo‘li bilan real vaqt tartibida olinadi. Bunda uy va kvartiralarni nazorat qilish Notarius tomonidan so‘rovnoma tushgan kundan boshlab uch kun ichida amalga oshiriladi. Shunday qilib, ro‘yxatdan o‘tkazishning butun jarayoni 5 ish kunida hal bo‘ladi.

Ushbu tizim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 fevraldagi  “Idoralararo elektron o‘zaro aloqani qo‘llash bilan bitimlarning notarial guvohnomasini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi qarori asosida, Osiyo taraqqiyot bankining texnik ko‘magidagi “E-Hukumat samarali davlat boshqaruvi uchun” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevralida tasdiqlangan  2017-2021 yillarda O‘zbekiston rivojlanishi bo‘yicha harakatlar Strategiyasida notarial idoralar faoliyatini idoralararo o‘zaro elektron aloqa qilish yo‘li bilan, shuningdek, notariat sohasida aholi va biznesga xizmat ko‘rsatishning interfaol davlat xizmatini ko‘rsatish yo‘li bilan avtomatlashtirish vazifasi qo‘yilgan. Shu munosabat bilan ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibini tatbiq etish ushbu sohada to‘laqonli interfaol davlat xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha dastlabki qadam bo‘ladi.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!