Futbol: Jahon chempioni hozirdanoq ma’lum

  •   Saroy
  •  2994
  •  11.06.2018 11:13

Futbol: Jahon chempioni hozirdanoq ma’lum

Har gal futbol bo‘yicha Jahon chempionati oldidan folbinu, bashoratchilar ko‘payishib qoladi. Biri sakkizoyoq, biri chuchqa, boshqasi g‘oz bo‘lsa, yana biri hashorat ham bo‘lishi mumkin. Istasangiz echkidan, qo‘ydan ham foydalaning. Chunki buning uchun sizni hech kim javobgarlikka tortmaydi. Hozir bu o‘yin oldi “o‘yinga”  robotlaru, elektron hisoblagich mashinalar, sun’iy intellektlar ham qo‘shilgan.  Mabodo bitta-ikkita o‘yinni yoki guruh natijasi tasodifan to‘g‘ri topilsa – dunyo ahlining ko‘z o‘ngida yangi avliyo paydo bo‘ladi (hatto u hayvon yoki buyum bo‘lsa ham).  

Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati ham hali boshlanmasdan turib, ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda. Davlat  rahbarlaridan tortib, nufuzli siyosatchilargacha, olimlardan tortib,  ziyolilargacha, futbol ekspertlaridan tortib, oddiy muxlislargacha, hamma-hammasi hozir o‘zicha bashoratchiga aylangan.

Yaqinda rossiyalik to‘rtinchi kurs  talabasi Viktor Zakopaylo ishlab chiqqat neyrotarmoq chempionat natijalarini bashorat qildi. Natijada chempionat g‘olibi Germaniya bo‘lishi, Rossiya terma jamoasi esa, hatto o‘z guruhidan ham chiqa olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Neyron tarmog‘i yordamida avval o‘tgan uchta Jahon chempionatini ma’lumotlaridan foydalanildi. Solishtirib ko‘rilgandan keyin yosh olim o‘zining dasturini testlar yordamida ko‘zdan kechirdi.

Bashorat aniqligi 80 foizni ko‘rsatdi.

Sun’iy ong har bir parametrning yakuniy xulosaga eng ko‘p ta’sir etishini aniqlashga yordam berdi. Xulosa chiqarishda terma jamoalarning saralash bahslarda guruhdagi egallagan o‘rinlari asos bo‘ldi. Buning ajablanadigan joyi yo‘q — saralash o‘yinlari jamoaning musobaqalarga tayyorgarlik darajasini yaqqol namoyon etadi. Eng muhim ko‘rsatkich orasida hujumchilarning soni ham kiradi. Tabiiyki, zo‘r terma jamoa hujumga unchalik e’tibor qaratmasligi mumkin. 

Shu bilan birga, yakuniy xulosalarga jamoaning avvalgi jahon chempionatlaridagi egallagan o‘rni, jarohat olgan o‘yinchilar soni va qiziq tomoni, milliy murabbiylar ham ta’sir ko‘rsatgan. Gap shundaki, xorijlik murabbiylar rahbarlik qilayotgan jamoaga qaraganda vatandoshi murabbiylik qilayotgan jamoalar katta muvaffaqiyatga erishar ekan. FIFA tuzgan reyting esa, jamoalarning yakuniy pozitsiyasiga umuman ta’sir qilmaydi.

Nyeyrotarmoqning yakuniy bashorati

Germaniya — chempion, kumush Braziliyaniki, uchunchi o‘rinni esa Argentina egallaydi. Neyrotarmoq Rossiya termasiga noxush istiqbolni bashorat qildi. 32 ta jamoa ichida 27 o‘rinning ravo ko‘rilishi hech kimni xursand qilmasa kerak. Chunki bu, neyrotarmoqning Rossiya guruhidan chiqa olishiga ishonmasligini ko‘rsatmoqda.  

Biroq, rossiyaliklrning hammasi ham ushbu bashoratga ishonishayotgani yo‘q: muxlislar orasida olib borilgan  so‘rov natijasi shuni ko‘rsatdiki, 11 foiz rossiyalik cheppionatning bosh sovrini Rossiya jamoasiga tegishiga ishonishadi.

Ha, o‘zining jonajon sportchilariga ishonch bildirish, barcha muxlislarga xos bo‘lib, ularning vatanparvarlik tuyg‘usini jo‘sh  urdiradi, qolaversa jamoalar uchun ham ma’naviy madad bo‘ladi, shuningdek futbolchilarning ham, muxlislarning ham kayfiyatini ko‘taradi. Bu esa har to‘rt yilda bir marta bo‘ladigan yirik futbol shousi mezbon mamlakat jamoatchiligi uchun chinakam tarixiy bayramga aylanadi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.