Gadjetlardan foydalanishda biz ishongan 10 ta bid’at

Gadjetlardan foydalanishda biz ishongan 10 ta bid’at

Biz, 21-asr odamlari o‘zimizni peshqadam texno-shaxs sifatida hisoblashimiz mumkin. Biroq, ko‘pchiligimiz hali ham ba’zi bir texnologik afsona va uydirmalarga ishonishda davom etmoqdamiz. Texnologiyaning jadal taraqqiy etishi natijasida kechagi innovatsiyalarga xos qoidalar bugungi ilmiy qarashlarga zid kelmoqda. Biz esa kechagi kunda qolib ketyapmiz. Quyida mana shunday – bugun ko‘pchilik ishonadigan asossiz uydirmalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Incognito mode

#1

“Incognito” rejimi “raqamli izlar”ni qoldirmaydi.

Ba’zi qidiruv tizimlari, brauzerlar o‘zlarini ommalashtirish uchun sozlamalarida “incognito” yoki “yashirinish” rejimini ham taklif qiladilar. Ko‘pchilik odamlar bu rejimdan foydalansam, brauzerim men kirgan internet sahifalarni saqlab qolmaydi va mening “onlayn tarix”im haqida hech qanday ma’lumot qolmaydi, deb o‘ylashadi. To‘g‘ri, bu rejimda kirilgan saytlar haqidagi ma’lumotlar kompyuterda saqlab qolinmaydi. Biroq, kirilgan sayt egalari va internet provayderlarga bu “tarix” ko‘rinib turadi. Shuning, ko‘pchilik o‘ylaganidek, bu rejim qurilmani viruslardan himoya qila olmaydi.

Mac virus myth

#2

Virus Apple Macintosh kompyuteriga daxl qila olmaydi.

“Mac” kompyuterlarining Windows kompyuterlariga qaraganda kuchli himoya tizimiga egaligi chindan ham haqiqat. Boisi, Mac kompyuterining operatsion tizimi Unix kompaniyasi tomonidan kuchli himoyalangan jihatlarga alohida e’tibor qilgan holda ishlab chiqariladi. Shuningdek, Apple kompaniyasi ham Mac uchun maxus xavfsizlik tizimlarini ishlab chiqqan.

Shunga qaramasdan, viruslar Mac kompyuterlarining himoyasini yorib o‘tishi mumkin. Mac kompyuterlari uchun xavfli sanalgan viruslar: OSX/Leap, OSX/DNSChanger, OSX/RSPlug, OSX/Jahlav, OSX/MacSweeper, OSX/Krowi, OSX/OpinionSpy, OSX/MacDefender, OSX/Dok va boshqalar.

Phone charging myth

#3

Smartfon yoki laptopni quvvati batamom tugamagunigacha quvvatlamaslik.

Smartfon yoki laptopda quvvat ko‘rsatkichi “0”da tursa hamki qurilma sizga uni quvvatlash kerakligini eslatib turish uchun o‘zida hali-beri kuch topadi. Sababi, shu holatdayam unda kamida 5-10 foizlik quvvat saqlanib qolgan bo‘ladi.

So‘nggi tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, batareyani hadeb “0”ga tushirib, quvvatlash bora-bora uning samaradorligini tushirib yuborar ekan, Imkon qadar quvvat 20 foizdan tushgach, gadjetni quvvatlash tadorigini ko‘rgan yaxshi.

Phone cancer risk

#4

Telefondan ko‘p foydalanish saratonni keltirib chiqaradi.

Mobil qurilmalarning kasallik keltirib chiqarishi – yolg‘on da’vo. Saraton xastaliklarini o‘rganishda jahonning eng yirik muassasasi bo‘lgan Saraton xastaligi bo‘yicha AQSh milliy institutining tadqiqotlariga ko‘ra, elektronika vositalarining radio to‘lqinlari saratonning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omil – DNKga ta’sir qilmaydi. Misol uchun, rentgen nurlari, yadro va radioaktiv nurlanishning saratonni keltirib chiqarishi isbotlangan.

Jahon sog‘liqni saqlsha tashkilotiga ko‘ra, so‘nggi 20 yildan buyon radio to‘lqinlarning insonga ta’siri yo‘nalishidagi tadqiqotlarda mobil qurilmalarning inson salomatligiga salbiy ta’siri o‘z isbotini topmagan.

Magnets

#5

Elektron qurilmalarni magnit yaqinida saqlash uning xotirasini ishdan chiqaradi.

Bu uydirmaning kelib chiqishi film va seriallar bilan bog‘liq bo‘lsa, ajab emas. Ulardan birida film qahramoni kuchli elektromagnit yordamida noutbukning xotirasidagi ma’lumotlarni o‘chirishga erishadi. Ammo, real hayotda buning iloji yo‘q.

Har bir qattiq disk ma’lumotlarni qayta ishlashi uchun biz bilgan magnitdan 8 barobar kuchli noyob magnit o‘rnatiladi. O‘ta kuchli magnit disk faoliyatini to‘xtatishi mumkin, biroq uning ichidagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlay olmaydi.

Refreshing computer

#6

“Rabochiy stol” ekranini “obnovit” qilish kompyuterni yaxshi ishlashiga sabab bo‘ladi.

Kompyuter yaxshiroq ishlashi uchun ko‘pincha kompyuterning fayllar to‘lib-toshib ketgan “rabochiy stoli”dan bo‘sh joy qidirib qolamiz. Vaholanki, bu fayllarni kamaytirmas ekanmiz, kompyuterni ishlashida o‘zgarish sezilmaydi.

Xo‘sh, Windows’dagi “refresh” buyrug‘i nega kerak?

Biror yangi fayl yoki “papka” ochganimizda u avtomatik ravishda ko‘rinmasligi mumkin. Aslida tizimda avtomatik yangilanish funksiyasi ham mavjud. Biz “yangilash” buyrug‘ini bosgach, ish stolida tartib o‘rnatiladi.

USB safe

#7

USB xotira fleshkasini avval o‘chirib keyin olmasa, ma’lumot o‘chib ketadi.

Bizga USB xotira fleshkasini kompyuterdan olayotganda xavfsiz usulda uni o‘chirish kerakligi aytib kelingan. Ko‘pchilik shunday qilmasa, ma’lumotning o‘chib ketishiga ishonadi. Biroq, aslida esa ma’lumot yozib yoki ko‘chirib olinayotganidagina fleshka chiqarib olinsa, o‘sha ma’lumot yozilmay qoladi. Modomiki, qurilma va USB o‘rtasidagi ma’lumot almashish jarayoni to‘xtagan bo‘lsa, USB xotira fleshkasini kompyuterdan “xavfsiz usulda o‘chirish” amalini bajarib o‘tirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urib olish mumkin.

 Phone charge

#8

Telefon faqat o‘z brendidagi zaryadlash qurilmasida quvvat olishi kerak.

Biror ishlab chiqaruvchining yangi smartfonini xarid qilsangiz, uning qo‘llanmasida albatta “muhim” ko‘rsatma yozilgan bo‘ladi: qo‘lingizdagi smartfon brendiga tegishli quvvatlash qurilmasidan foydalaning. Bu ular uchun muhim, boisi ular ham o‘zi ishlab chiqargan zaryadlash qurilmasini sotishi kerak-ku!

Aslida quvvatlash qurilmasining brendi hech qanday muhim rol o‘ynamaydi. Biror 3-tomon ishlab chiqargan quvvatlash moslamasidan foydalanish mumkin. Tanlashda elektr tokini o‘tkazish bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor qilsangiz bo‘ldi.

Phone cam

#9

Kameraning megapikseli yuqori bo‘lsa, smartfon yaxshi surat oladi.

Bugun deyarli har hafta yangi bir smartfon taqdim qilinmoqda. Ularning jihatlari orasida kamera imkoniyatlari, jumladan suratni necha pikselda olishi alohida qayd qilinadi. Ammo, ba’zida 12 megapikselli kamera 16 megapikselli kameradan yaxshi surat olishiga guvoh bo‘lamiz.

Buning sababi shuki, surat yaxshi chiqishi uchun megapikselning o‘zi kifoya qilmaydi. Sifatli surat uchun kamera modulidagi har bir detal, jumladan uning hajmi va materiali, linzasi, yorug‘lik sensori, suratni qayta ishlaydigan protsessori va dasturiy ta’minoti javobgar bo‘ladi. Bularning barchasi bir-biriga muvofiq kelishi kerak.

 Laptop on lap myth

#10

Noutbukni uzoq vaqt tizzaga qo‘yib ishlatish bepushtlikka sabab bo‘ladi.

Noutbukning naslga ta’sir qilishi haqidagi bahslar uzoq paytdan buyon davom etmoqda. Emishki, tizzaga qo‘yganda uning akkumulyatoridan chiqayotgan harorat erkakning urug‘larini zararlar ekan. Biroq bu xavf ayollarga ta’sir qilmas emish. Boisi, ulardagi urug‘ ayol tanasining ichkari qismida ekan.

To‘g‘ri, inson urug‘ining yuqori haroratda zararlanishi isbotlangan. Hattoki, noutbukning harorati qanchalar xavfli ekani borasida tajribalar o‘tkazilgan. Bu boradagi xavf me’yorga bog‘liq. Qolaversa, hech kim laptopga tizzasidan soatlab joy bermaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!