G‘afur G‘ulom bog‘idagi attraksionlar quyosh energiyasiga ishlaydi

G‘afur G‘ulom bog‘idagi attraksionlar quyosh energiyasiga ishlaydi

Sputniknews-uz.com sayti yozishiga ko‘ra, fotoelektrik qurilmalarni o‘rnatish loyihasi shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining 2016 yilgi tadbirlari doirasiga kiritilgan. Ushbu qurilmalar quyoshdan olingan energiya bilan istirohat bog‘ini yoritadi.

Qo‘mita raisi Shomurod Muhammadjonov istirohat bog‘ida elektr energiya hisobiga ishlovchi ko‘plab yoritish jihozlari va attraksionlar o‘rnatilganligini aytib o‘tdi.

“Fotoelektrik qurilmalarni o‘rnatish istirohat bog‘ini quyosh energiyasi hisobiga yoritish imkonini beradi”, deydi u.