“Galagram” ilovasiga patent berildi

“Galagram” ilovasiga patent berildi

O‘zbek dasturchilari Bekzod Bo‘ronov va Shohrux Sharipov “Galagram” deb nomlangan mobil va kompyuter ilovasini ishlab chiqdi. “Galagram”—bu Android, BlackBerry OS, iQ_S, Svmbian, Windows Phone, Bada singari platformalarda va kompyuterlarda Windows, OS_X va Linux boshqaruvida ishlaydigan smartfonlar uchun mo‘ljallangan internet-telefon. Bepul krossplatformali messenjer.

U orqali  matnli materiallar, rasmlar, ovozli smaylchalar, foto, video va audioxabarlar yuborish, besh yoki undan ortiq kishilar uchun videokonferensiyalar tashkil qilish, shuningdek, onlayn o‘yinlar tashkil qilish, xalqaro kirish va chiqish qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish mumkin.

Xizmat xalqaro bozorga mo‘ljallangan bo‘lib, multitil (ingliz, rus, o‘zbek, xitoy va b.) interfeysga ega. Foydalanuvchilar akkaunti telefon raqamlariga ulanadi. Servisda ro‘yxatga olish va keyinchalik yangi qurilmalarni avtorizatsiya qilishda kodli SMS-xabar yuborish orqali telefon raqami tekshiriladi. Olingan kod mazkur akkaunt uchun yangi mijoz ilovasini avtorizatsiya qiladi.

Mualliflar Bekzod Bo‘ronov va Shohrux Sharipovga dastur uchun patent berildi, deb yozadi O‘zbekiston intellektual mulk agentligi rasmiy sayti.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.