Galaxy A10s'ni Samsung'ning o‘zi chiqarmaganmi?

Galaxy A10s'ni Samsung'ning o‘zi chiqarmaganmi?

O‘tgan yili noyabr oyida Samsung o‘zining faqat Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan ilk ODM-smartfoni Galaxy A6s'ni taqdim etgan edi.

ODM (ingl. Original Design Manufacturer — original dizayn ishlab chiqaruvchi) qurilma deganda, dizayni bir kompaniya tomonidan yaratilgan va ishlab chiqarilgan, biroq ikkinchi kompaniya uni ribrend qilib, sotuvga qo‘ygan mahsulot tushuniladi. Shunday qilib, Galaxy A6s Xitoyning Wintech nomli kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, Samsung'ning shartnomachi ishlab chiqaruvchilar vositasida Xitoyning hamyonbop smartfonlar bozoridagi ulushini oshirishga qaratilgan rejasining bir qismi edi.

Galaxy A10s'ning FCC hujjati

 

Endilikda ma’lum bo‘lishicha, yaqinda chiqarilgan Galaxy A10s smartfoni Samsung'ning ikkinchi ODM-telefoni hisoblanadi; bu uning FCC (Federal kommunikatsiyalar komissiyasi) hujjatidan ham ma’lum. Bu safar qurilma Jiaxing Yongrui Electron Technology shartnomachisi tomonidan yaratilgan bo‘lib, faqat Xitoy bozori uchun chiqarilgan A6s'dan farqli o‘laroq, jahon bozorini ko‘radi.

Samsung Hindiston va Xitoy bozorlarining raqobatga to‘la budjet segmentida o‘z o‘rnini kengaytirishni rejalashtirar ekan, quyi toifa smartfonlar ishlab chiqarishda hozircha mana shunday shartnomachi ishlab chiqaruvchilarga tayanishiga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Samsung keyingi ikki yil ichida grafen akkumulyatorli smartfon chiqarmoqchi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!