Galaxy A22'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Galaxy A22'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

2021-yilning iyun oyida Samsung kompaniyasi Galaxy A22 hamda A22 5G smartfonlarini taqdim etgan edi. 

O‘QING: Samsung Galaxy A22 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Avvalroq A22 5G smartfoni bilan tanishgan edik. Bugun esa A22 haqida so‘z yuritamiz. Ushbu smarfon byudjet sinfiga mansub bo‘lib, 90Hz ekan yangilanish chastotasi ishlavchi AMOLED displey, to‘rtta kamera hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. 

Foto: GSMArena

Boshqa A seriyadagi smartfonlar bilan taqqoslasak, A22 yaxshi texnik jihatlarga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. 

Samsung o‘tgan yili tartibsiz ravishda Galaxy A smartfonlarini taqdim etdi. Mart oyida Galaxy A52, A52 5G va A72 qurilmalari taqdim etildi. Keyinchalik A32 smartfoni sotuvga chiqarilgan bo‘lsa, yoz oyida A22 va A22 5G smartfonlari namoyish etildi. 

Samsung Galaxy A22'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 159.3x73.6x8.4mm, 186g; old panel shisha, orqa panel plastik, plastik rom. 

> Displey: 6.40 dyuymli Super AMOLED, 90Hz, 600 nit yorqinlik, 720x1600 piksel rezolyutsiyasi, 20:9 forma faktori, 274ppi zichlik. 

> Chipset: Mediatek MT6769V/CU Helio G80 (12 nm): Sakkiz yadroli (2x2.0 GHz Cortex-A75 & 6x1.8 GHz Cortex-A55); Mali-G52 MC2. 

> Xotira: 4/64GB, 4/128GB, 6/128GB; eMMS 5.1; microSDXC.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, One UI Core 3.1. 

> Kamera: Asosiy kamera: 48MP, f/1.8, 1/2.0“, 0.8µm, PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 123-degree, 1/4.0“, 1.12µm; Makro kamera: 2MP, f/2.4; Sath kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 13MP, f/2.2, (keng), 1/3.1“, 1.12µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5000 mAs; 15 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); 3.5mm audio jek; NFC. 

Agar Galaxy A22 bilan A32 taqqoslaydigan bo‘lsak, A32 yaxshiroq texnik jihatlarga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Biroq ikkala smartfonning narxida katta tafovut yo‘q. 

Galaxy A22, A22 5G va A32 smartfonlari taxminan 250 yevro atrofida sotilmoqda. Albatta, qaysi smartfonni tanlash xaridorning o‘ziga bog‘liq. 

2021 yildan boshlab Samsung 5G va 4G versiyadagi smartfonlarni bir xil narxda sotmoqda. Biroq 5G versiyaning ayrim texnik jihatlari 4G versiyanikiga qaraganda pastroq. Misol uchun, Galaxy A22 5G smartfoni 6.50 dyuymli TFT displeyi bilan, A22 4G esa AMOLED displeyi bilan jihozlangan.  

Qadoq tarkibi 

Qutidan uning ichida byudjet sinfiga kiruvchi smartfon borligini sezish mumkin. Karton qog‘oz juda ham yupqa. Quti hech qanday plyonka bilan o‘ralmagan. Bu bilan kompaniya ekologiyaga e’tibor berayotganini ko‘rsatmoqda. 

Foto: GSMArena

Qutida smartfon bilan birga quvvatlash adapteri, USB-C kabeli bo‘ladi. 

O‘QING: Samsung Galaxy A32'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!