Galaxy A3 (2017) Bluetooth sertifikatsiyadan o‘tkazildi

Galaxy A3 (2017) Bluetooth sertifikatsiyadan o‘tkazildi

Gsmarena caytining ma’lum qilishicha,  Galaxy A3 (2017) modeli Hindistonning import/eksport operatsiyalariga mo‘ljallangan Zauba saytida paydo bo‘lgan. Model ayni paytda Bluetooth Special Interest Group (SIG) tomonidan sertifikatlanmoqda.

Afsuski, Bluetooth SIG smartfondagi mazkur modulga tegishli axborotlardan tashqari boshqa texnik parametrlarni oshkor etmaydi. Biroq biz modelning qanday dizaynga ega bo‘lishini Android Authority saytida e’lon qilingan Galaxy A5 (2017) suratlariga qarab bilishimiz mumkin.

Hozirgacha internet tarmog‘ida paydo bo‘lgan taxminlarga ko‘ra,  Galaxy A3 (2017) sakkiz yadroli 1,5 GGs chastotada ishlaydigan protsessor, 4,7 dyuymli HD aniqligidagi AMOLED ekran, 2 GB tezkor xotira bilan jihozlanishi mumkin. Kamera sensorlarining aniqligi – 12MP/8MP. Model Android Marshmallow bazasida ishlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!