Galaxy A33 5G'ning renderlari e’lon qilindi

Galaxy A33 5G'ning renderlari e’lon qilindi

O‘tgan hafta Galaxy A33 5G smartfoni to‘rt xil rangda sotuvga chiqishi haqida xabar bergan edik. Kecha esa ushbu smartfonning renderlari OnLeaks tomonidan e’lon qilindi.

O‘QING: Galaxy S22+ smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Tashqi ko‘rinishdan smartfon avvalgi A32'ni eslatib yuboradi. Qo‘rilma Super AMOLED displeyi hamda to‘rtta kamera bilan jihozlangan. A32'dan farqli o‘laroq A33'da kamera moduli korpusdan bo‘rtib chiqib turadi.

Qurilmaning displey hajmi 6.4 dyuym bo‘lib, FullHD+ rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, smartfon yuqori rezolyutsiyadagi kameralarga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Ovozni sozlash hamda quvvat tugmalari smartfonning o‘ng tomonida, USB-C porti mikrofon hamda dinamik pastki tomonda joylashadi.

Galaxy A33 5G'ning korpus qalinligi 8.1 mm. Smartfon yanvar oyining boshida sotuvga chiqadi. Ma’lumot uchun, shu yilning yanvar oyida Samsung kompaniyasi Galaxy A32 5G, fevral oyida esa Galaxy A32 4G modelini taqdim etgan edi. Hozirgi ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, A33'ning 4G versiyasi bo‘lmaydi.

O‘QING: Galaxy S21 FE GeekBench'da testdan o‘tdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!