Galaxy A34 va A54 modellarining narxi sezilarli darajada oshadi

Galaxy A34 va A54 modellarining narxi sezilarli darajada oshadi

Galaxy A34 va A54 smartfonlari tez orada taqdim etilishi kutilmoqda. O‘tgan yili A33 va A53 modellari mart oyida taqdim etilganini hisobga olsak, ularning yangi avlodi ham shu yilning mart oyida e’lon qilinadi. 

Hozirgacha ikki smartfonning texnik ko‘rsatkichlariga oid ko‘plab yangiliklar chiqdi. Endigi navbat ikki smartfonning Yevropadagi narxiga yetib keldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A34 modelining narxi quyidagicha bo‘ladi:

6/128GB - 410 yevro

8/128GB - 430 yevro

8/256GB - 470-490 yevro.

O‘tgan yili Galaxy A33 5G modeli 370 yevro narxdan boshlab sotuvga chiqqan edi. 

Galaxy A54'ning narxi taxminan quyidagicha bo‘ladi:

8/128GB - 530-550 yevro

8/256GB - 590-610 yevro.

Yuqoridagi narx ham o‘tgan yilgi A53'ning narxidan biroz balandroq. 

Galaxy A54 modeli White, Lime, Violet va Graphite ranglarda, A34 esa Silver, Violet, Lime va Graphite ranglarda taqdim etiladi. 

Texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha A34 modeli Dimensity 1080 chipi, 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator hamda 90 gers chastotada ishlovchi 6.5 dyuymli AMOLED displeyiga ega bo‘ladi. 

Galaxy A54 esa Exynos 1380 chipi, 5,100 mAs sig‘imli akkumulyator hamda 120 gers chastotada ishlovchi 6.4 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. Orqa paneldan 108MP asosiy, 12MP ultrakeng hamda 5MP makro kameralar o‘rin oladi.

O‘QING: Samsung Galaxy S23'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!