Galaxy A71'ga ilk nazar: dizayn va texnik jihatlar

Galaxy A71'ga ilk nazar: dizayn va texnik jihatlar

Hozirgina Galaxy A51 smartfonining sizdirilgan renderlarini ko‘rdik. Endi esa taniqli insayder OnLeaks CashKaro bilan hamkorlikda kompaniyaning navbatdagi smartfoni bo‘lmish Galaxy A71'ning eksklyuziv renderlarini va qurilma 360° dan ko‘rsatilgan videoni ulashdi. Bu haqida Android Authority xabar bermoqda.

Tasvirlardan ko‘rishimiz mumkinki, devaysga to‘rt linzali kamera moduli o‘rnatiladi, old panelda yakka selfi kamera tirqishi va 3.5 mm audio jek bo‘ladi. Yana shu narsa ma’lumki, smartfon USB-C portga ega bo‘lib, CashKaro'ning ta’kidlashicha, ekran 6,7 dyuymli Full HD panel bo‘ladi. Galaxy A71'ning o‘lchamlari taxminan 163.5 x 76 x 7.9 mm, orqa kamera bo‘rtmasi esa 9.2 mm bo‘lishi kerak. Texnik jihatlariga to‘xtalib o‘tsak esa, o‘rta toifa qurilmasi Snapdragon 675 chipi, Adreno 612 grafik protsessori, 4 500 mA/soatli akkumulyator va 8GB tezkor xotiraga ega bo‘lishi kutilmoqda. Galaxy A71'ning boshqa smartfonlardan farqli tomoni orqa kamera modulidir. Yaqinda chiqqan Galaxy A51 renderlarida ko‘rganimizdek, A71'ning ham kameralari L shaklida joylashib, modul tarkibiga 48 megapikselli asosiy, 12 megapikselli ultra keng burchakli, 12 megapikselli telefoto va 3D ToF (parvoz vaqti) kameralar kiradi. Old kamera esa xuddi Galaxy Note10 lineykasidagi kabi markazda joylashgan yakka aylana tiriqish bo‘lib, unga 32MP linza joylanadi. Operatsion tizimi esa Android 10 bo‘lishi aytilmoqda. Rasmiylar smartfon qachon taqdim qilinishi haqida hali hech narsa deyani yo‘q, lekin taqdimot bizni uzoq kuttirmasligi kerak. Siz smartfon dizayni haqida qanday fikrdasiz? A71'ning texnik jihatlari sizni qoniqtirdimi? Munosabatingizni Telegram'dagi fan klubimizda qoldirishingiz mumkin. 

O‘QING: Galaxy A70 va A70s'larni taqqoslaymiz