Galaxy A8 va A8+ (2018): "Malika"da xush ko‘rdik!

Galaxy A8 va A8+ (2018):

2014 yildan boshlab Samsung o‘rta narxli plastik smartfonlardan voz kechib, Galaxy Alpha modelini ishlab chiqara boshladi. Bu — flagman bo‘lmagan, biroq metall korpusli ancha arzon model bo‘ldi. Ilk tajriba muvaffaqiyatli o‘tgach, 2015 yilda va undan keyin ham bu an’ana davom ettirildi hamda "Galaxy A" turkumi doirasida 2017 yilda — Galaxy A3, A5 va A7 nomi bilan taassurotli dizayn, sifatli materialdan tayyorlangan va ko‘rinishidan flagmanlarni eslatib yuboradigan telefon apparatlari chiqara boshlandi.

2017 yilning 19 dekabrida taqdim qilingan Galaxy A8 (2018) hamda Galaxy A8+ (2018) smartfon modellari esa 2018 yilning ilk kunlarida, aniqrog‘i 2 yanvar kuni Janubiy Koreyada sotuvga chiqarildi. Va, fevralda O‘zbekiston smartfon bozoriga ham yetib keldi.

Samsung bu ixcham smartfonni yuqori sifatli ekran, qo‘sh selfi-kamera va o‘rta darajali samaradorlikka ega protsessor bilan ta’minlagan. Yana bir ahamiyatli jihati kompaniyaning o‘rta narxli bu smartfonlari 2017 yilning bahorida aqdim qilingan Galaxy S8 modelining dizayniga va sifatli materiallarga ega bo‘lgan.

Samsung qisqa fursatda katta qiziqish uyg‘otgan Galaxy A8 (2018) hamda Galaxy A8+ (2018) smartfonlarini bugun taqdim qildi. Yilning o‘rta narxli smartfonlari nihoyatda ko‘rkam va serhasham! Ayniqsa, chetidan-chekkasigacha Infinity Display hamda 2 sensorli old kamera tizimi yangi modellarning o‘ziga xos jihatlari bo‘ldi.

Samsung Galaxy A8 ham A8+ o‘zining "ajdodlari" kabi, narxi bilan u qadar ham maqtana olmaydi, ya’ni birmuncha qimmat.  Quyida A8 (2018)  smartfonining o‘ziga xosligi bilan yaqindan tanishamiz.

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy A8 ham A8+ bir-birlaridan faqatgina korpus o‘lchamlari bilan farq qiladilar. Galaxy A8 (2018) smartfoni 5,6 dyuymli, 2220×1080 pikselli, Super AMOLED matritsali ekranga ega bo‘lgan. Galaxy A8+ (2018) modeli esa 6 dyuymli, 2220×1080 pikselli, Super AMOLED matritsasi bilan ta’minlangan. Ularning texnik jihatlari bir xil.

 

Samsung Galaxy A8 (2018): texnik jihatlar

  • Model: SM-A530F
  • Operatsion tizim: Android 7.1.1
  • Protsessor: Exynos 7885 (2 ta Cortex-A53 yadroning chastotasi 2,2 GGs + 6 ta Cortex-A53 yadrosining chastotasi 1,6 GGs), video karta Mali-G71, 14 nanometrli texnik jarayon;
  • Xotira: 4/32 GB, microSD 256 gigabaytgacha;
  • Displey: 5,6 dyuymli FHD+ SuperAMOLED, 1080x2220, 441 ppi har dyuymda, nisbati – 5:9, AlwaysOn Display – muntazam faol ekran;
  • Kamera: 16 MP bosh (apertura - f/1.7; optik barqarorlashtirish – yo‘q), old kamera qo‘sh: 16 MP va 8 MP (f/1.9 diafragma, portret rejim – bor va “Live Focus” va boshqa funksiyalarga ega;
  • Aloqa tarmog‘i: LTE cat. 11 (600 mBit/s), 2 ta nano-SIM;
  • Simsiz interfeyslar: GPS/GLONASS/Beidou, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac (2.4/5GGs), Bluetooth 5.0, NFC, Samsung Pay (NFC+MST);
  • FM-radio: bor, simli garnitura bilan ishlaydi;
  • Suv va changdan himoya: bor, IP68;
  • Batareya: 3000 mA*soat, tezkor quvvat olish funksiyasi;
  • Datchiklar: akselerometr, barometr, barmoq izi skaneri (orqa panelda), giroskop, Holl datchigi, oraliq-masofa datchigi, RGB-sensor;
  • Gear VR texnologiyasi: qo‘llab-quvvatlaydi;
  • Korpus ranglari: qora, kulrang, tilla rang va ko‘k rang;
  • O‘lchamlari: 149,2 x 70,6 x 8,4 mm, vazin – 172 gramm.

 

Samsung Galaxy A8: dizayn, shakldorlik

Smartfon bir qarashda Galaxy S8 bilan bir xil, ayniqsa qora korpusdagisi: metall ramka, har ikki tomoni shisha qobiqqa ega panellar, raqamli soatga xos shrift, AlwaysOn Display funksiyasi, 18.5:9 o‘lchamli uzunchoq displey.

Biroq Galaxy A8 modelini qo‘lga olar ekansiz, uning flagmancha salobati bir oz g‘oyib bo‘ladi va siz bir oz qalin va uzun korpusli, naq 17 grammga og‘ir smartfonga duch kelasiz. Shuningdek, metall rom ham jilodor emas, jilosiz ko‘rinishda.

Galaxy A8 3,5 mm o‘lchamidagi an’anaviy audio portga ega bo‘lgan. nano-SIM-kartalar uchun bo‘lmachalarning biriga microSD kartasini qo‘yish mumkin.

Barmoq izi orqa panelga va quvonarli jihati Galaxy S8 kabi, bosh kameraning yoniga emas, quyisiga joylashtirilgan. Ya’ni, ko‘rsatkich barmoq uchun juda qulay.

O‘chirib/yoqish va blokirovka tugmasi an’anaviy joyida, ya’ni qulay joylashgan va Samsung flagmanlarida bo‘lgani kabi, uni 2 marta tezkor bosiyu, kamerani bir zumda ishga tushirish mumkin. Uning ustida yagona "musiqiy" dinamik bor. Bu dinamik joylashuvi ham har jihatdan qulay.

Samsung Galaxy A8: ekran

Yorqin va yuqori kontrastli Super AMOLED ekran bilan Galaxy A8 bemalol flagmanlarga qarshi jang qila oladi. Undagi yorug‘lik zahirasi yetarli va rangdor.

Galaxy A8 (2018) smartfoni 5,6 dyuymli, 2220×1080 pikselli, Super AMOLED matritsali ekranga ega bo‘lgan. Galaxy A8+ (2018) modeli esa 6 dyuymli, 2220×1080 pikselli, Super AMOLED matritsasi bilan ta’minlangan.

Infinity Display texnologiyasi har ikkala smartfon, garchi ekran kattalashgan bo‘lsa ham, foydalanishga qulay degan.

Surat ekran markazida ham, displey yonlarida ham birdek jilodor va tabiiy. Ekranni ta’bga ko‘ra qayta sozlash mumkin.

Samsung Galaxy A8 displeyining tomonlar nisbati 18.5:9 standartli va biz bilgan avvalgi modellar 16:9 standartli.

Galaxy A8 va A8+ o‘z oilasi vakillari orasida birinchi bo‘lib VR-garniturasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Samsung Galaxy A8: protsessor, samaradorlik, quvvatdorlik

A8 hamda A8+ yap-yangi Exynos 7885 protsessoriga ega bo‘lishgan. 8 yadroli toshlardan 2 tasi yuqori samaradorlikka, 6 tasi o‘rtacha samaradorlikka mas’ul. Yuqori samaradorlik uchun javobgar yadrolar smartfonlarning bir tekis va uzilishlarsiz, "ajdodlari"dan tezkor ishlashlariga javobgar bo‘lishadi. Avvalgi Exynos chiplarida asosiy e’tibor tezkorlikka emas, energo-tejamkorlikka qaratilgan bo‘lar edi.

A8 4 GB tezkor, 32 yoki 64 GB doimiy xotira, A8+ 6 GB tezkor, 32 yoki 64 GB doimiy xotiraga ega bo‘lgan. Ulardagi microSD bo‘lmachasi sig‘imi 256 gigabaytgacha bo‘lgan qo‘shimcha xotira fleshkasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Benchmarklardagi natijalardan ayon bo‘ladiki, Samsung Galaxy A8 hamda A8+ modellaridan rekord darajali samaradorlik kutish -- xato! Biroq, ular 2016 yilda ilg‘or bo‘lgan Snapdragon 820 chiplaridan bir oz kuchsizroq. Bu natija ham yomon emas.

Akkumulyatora sig‘imi Galaxy A8 modelida — 3000 mA*soat. Protsessorning quvvat tejashda ustaligini hisobga olsak, bu -- ko‘ngildagidek sig‘imi.

3-5 soat davomida ekran yoqig‘ bo‘lsa, yuzlab megabayt ma’lumotni yuklab olsak, 4G va 3G tarmoqlarida faol bo‘lsak, bir necha soat Google Maps va boshqa xizmatlardan foydalansak, Galaxy A8 smartfoni bor-yo‘g‘i 25% quvvatni sarflaydi.

HD-video tomosha qilganda smartfon to‘liq quvvat bilan 13-15 soat ishlaydi. Samsung Galaxy A8 to‘liq quvvat olishi uchun bir soatdan oshiroq vaqt kerak bo‘ladi.

 

Samsung Galaxy A8: kameralar

Samsung Galaxy A8 3 ta kameraga ega bo‘lgan — 2 ta old va 1 ta bosh. 16 megapikselli bosh sensorning yorug‘lik linzasi o‘ta ilg‘or - f/1.7. Bu esa unga sifatli surat olish imkonini beradi.

Qo‘sh sensorli old kamera foydalanuvchilarga taassurotli selfi suratlar olish imkonini beradi. Galaxy Note 8 flagmanida ilk marotaba Live Focus fokuslash texnologiyasi joriy qilingan edi. O‘rta narxli "qahramonlarimiz" ham bu jihatga ega bo‘lishgan. Ya’ni, endi portret rejimida orqa foni g‘ira-shira qilingan suratlar olish mumkin. Hattoki bu g‘ira-shiralik darajasini belgilash ham mumkin.

Old sensorlardan biri ham 16 megapikselli, yorug‘lik taqsimoti moslamasi f/1.9 standartli. Unga yordamchi sifatida 8 megapikselli, yorug‘lik taqsimoti moslamasi f/1.9 standartli yana bir kamera moduli o‘rnatilgan.

Bosh kamerada video tasvirni raqamli usulda barqarorlashtirish texnologiyasi joriy qilingan. Shu bilan birga, mazkur sensorda "Hyperlapse mode"(avvallari faqatgina Samsung’ning flagmanlarida bo‘lar edi) rejimi joriy qilingan. Bu rejim kerakli paytda video tasvirni zarur tezlikda olish imkonini beradi.

Quyidagi suratlarga baho bering:

Selfi kamera ijodiga mansub portret:

Galaxy A8 old kamerasi yordamida smartfonni blokirovkadan chiqarish mumkin. Biroq, bu iPhone X'dagi kabi 3D-skanerlash yoki Samsung flagmanlari kabi, ko‘zning rangdor pardasini skanerlash emas. Ya’ni, foydalanuvchining surati bilan ham telefon tizimiga kirish mumkin. Hatto yorug‘lik past sharoitda ham bu funksiya ishlamaydi.

Boshqa o‘ziga xosliklar

Bluetooth 5.0 texnologiyasi joriy qilingan!
Bluetooth 5 texnologiyasi Bluetooth 4.2 versiyasiga qaraganda 2 marta tezroq ma’lumot uzatishi mumkin. Bluetooth 5 moduliga avvalgi parametrlarga solishtirganda sakkiz marta ko‘p qurilmalarni ulash mumkin. Bundan tashqari, kam energiya sarflash rejimida (Low Energy, LE) ishlash radiusi to‘rt barobarga ortadi.
Yangi texnologiyada energiya sarfini qisqartirishga e’tibor qaratilgan. Bluetooth 5, asosan, IoT (Internet of Things) sohasiga mo‘ljallangan.

Shu bilan birga, A8 hamda A8+ endi bir vaqtning o‘zida 2 ta alohida Bluetooth-karnaylarga musiqani uzata olishadi.

Gear VR shlemlarini endi siz ham kiyib ko‘rasiz!

Galaxy A8 hamda Galaxy A8+ (2018) Samsung’ning Gear VR shlemini qo‘llab-quvvatlaydigan ilk "Galaxy A" turkumidagi modellari. Nihoyat, virtual sayohat qilishda endi o‘rta narxli smartfonlardan ham foydalanish mumkin.

Narx-navo!
Ochig‘ini aytish kerak, bu modellar flagmanlardan faqat jihatlarni emas, bir oz narx-navoni ham yuqtirgan. Endi ular biz bilgan 300-400 dollarlik smartfonlar emas. «Salkam flagman» deya ta’riflanayotgan bu smartfonlar qora, kul rang, tillarang va moviy korpuslarda sotuvga chiqarildi.

Uning qora, ko‘k hamda tilla rang korpusli talqinlari sotuvga chiqarildi. Klassik talqin uchun kompaniya 610 AQSh dollari, «Plyus» talqin uchun esa 665 AQSh dollari so‘ramoqda.

Ayni paytda “Malika”da ham bu modellarni xarid qilish imkoni mavjud. Samsung Galaxy A8 (2018) – 3 860 000, Samsung Galaxy A8+ (2018) esa 4 250 000 so‘mdan sotilmoqda.

Izoh: Samsung Galaxy smartfonlarni yuqorida ko‘rsatilgan narxlarda xarid qilishuchun, +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali «Terabayt.uz» sayti menejeriga murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, narxlarni va saytda berilgan boshqa ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

Terashop.uz UZS 2 506 000.00 Sotib olish
Terashop.uz UZS 2 569 000.00 Sotib olish
Terashop.uz UZS 3 155 000.00 Sotib olish
Terashop.uz UZS 3 155 000.00 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!