Galaxy Book: Samsung “Galaktika kitobi”ni taqdim qildi

Galaxy Book: Samsung “Galaktika kitobi”ni taqdim qildi

Samsung kompaniyasi Windows 10 operatsion tizimi boshqaruvida ishlashga mo‘ljallangan, 10,6 va 12 dyuymli displeylarga ega 2 ta planshetni taqdim qildi. Kichik talqin HDR videoni, Samsung Flow tizimi va S Pen stilusini qo‘llab-quvvatlamasligi bilan farq qiladi. Unda, shuningdek 13 MP bosh kamera ham mavjud emas.

Har ikkala planshet korpusida USB-C porti mavjud. Kompaniya klaviatura qismini ham yangilab, klavishlar o‘rtasidagi masofalarni kengaytirgan. Trekpad maydoni ham 50%ga oshgan. Qurilma akkumulyatorini 1 marotaba quvvatlab, 10 soat ishlatish mumkin.

Galaxy Book 10.6’ning texnik jihatlari:

Operatsion tizim: Windows 10
Ekran: TFT, 10.6 dyuymli, Full HD
Protsessor: Intel Core m3 7‑avlod, Dual Core 2,6GGs
Operativ xotira: 4 GB
Doimiy xotira: 64/128 GB, microSD 256 GB.gacha
Old kamera: 5 Mp
Mobil aloqa: nano-SIM, 2G/3G/LTE
Simsiz ulanish: Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.2, GPS
Barmoq izlari skaneri: mavjud emas
Port: USB Type-C
3.5 mm audio konnektor: mavjud
Akkumulyator: 3040 mA soat, tezkor quvvatlash tizimi
Suvdan himoya: yo‘q
O‘lchamlari: 237,3 x 169,0 x 6,0mm
Vazni: 640 gramm (Wi-Fi)/650g(LTE)

Galaxy Book 12’ning jihatlari:

Operatsion tizim: Windows 10
Ekran: Super AMOLED, 12 dyuymli, Full HD
Protsessor: Intel® Core™ i5 7‑avlod, Dual Core 3,1GGs
Operativ xotira: 6/8 GB
Doimiy xotira: 128/256 GB, SSD, microSD 256 GB.gacha
Bosh kamera: 13 MP
Old kamera: 5 Mp
Mobil aloqa: nano-SIM, 2G/3G/LTE
Simsiz ulanish: Wi-Fi 802.11a/b/g/n/ac, Bluetooth 4.2, GPS
Barmoq izlari skaneri: mavjud emas
Port: USB Type-C
3.5 mm audio konnektor: mavjud
Akkumulyator: 3904 mA soat, tezkor quvvatlash
Suvdan himoya: yo‘q
O‘lchamlari: 291,3×199,8×7,4 mm
Vazni: 754 gramm

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!