Galaxy C9 Pro: ulkan ekran va yirik “operativka” uyg‘unlashgan smartfon

Galaxy C9 Pro: ulkan ekran va yirik “operativka” uyg‘unlashgan smartfon

Samsung 2011 yildayoq birinchilardan bo‘lib katta ekranli smartfonlar turkumi bo‘lgan Galaxy Note gadjetlarini sotuvga chiqargan edi. U vaqtda bu kabi ekranlar ko‘zga nihoyatda qo‘pol tuyilgan. Lekin oradan shuncha yil o‘tib, ayni paytda ko‘ryapmizki, katta ekran mobil aloqa vositalarining zamonaviy tendensiyasiga aylandi.

Samsung 2016 yilning oktyabr oyidan boshlab ulkan ekranli smartfon ishqibozlari uchun 6,3 dyuymli Galaxy Mega hamda 6 dyuymli Galaxy C9 Pro smartfonlarini tayyorlamoqda. Kuni kecha kompaniya Galaxy C9 Pro smartfonidagi xavfsizlik tizimini yangiladi. Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimidagi “C900FDDU1AQC32” raqamli yangilanish, shuningdek smartfonning faoliyatini ham yaxshilaydi. Buning uchun “Sozlamalar-> tizimni yangilash” amalini bajaring.

Samsung Galaxy C9 Pro’ning muhim jihatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, diagonali 6,0 dyuym bo‘lgan displey matritsasi Super AMOLED va sig‘imi 1920×1080 piksel. Smartfonga 4 yadroli, o‘rtacha 1,95 GGs chastotata tezligida ishlaydigan Qualcomm Snapdragon 653 protsessori, Adreno 510 videokartasi o‘rnatilgan.

Samsung Galaxy C9 Pro’ning operativ xotirasi 6 Gb, doimiy xotirasi 64 Gb. Shuningdek, microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi ham mavjud.

Uning 16 megapikselli bosh kamerasi gibrid avtofokus tizimi va 2 tusli svetodiodga ega fotochaqnoq bilan ta’minlangan. Suratni olish sifati esa yuqoridan bir oz past. Qizig‘i, uning old kamerasi ham 16 MP.

Samsung Galaxy C9 Pro’da olingan surat namunasi.

2 sim-kartali smartfon aloqaning VoLTE, Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 4.2, NFC, A-GPS, USB-C tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadi.

Samsung Galaxy C9 Pro stereo, ya’ni korpusning quyi va tom qismlarida dinamiklarga, barmoq izlari skaneri va FM-radioga ega.

Gadjetning batareya sig‘imi 4000 mA•soat. Quick Charge 2.0 tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.

Ko‘p aytiladigan kamchiliklari:

– Suv va changga chidamli bo‘lmagan korpusi;

– Zaryad vaqtida qizib ketishi;

– Keraksiz dasturlarning ko‘pligi.

Umuman olganda, C9 Pro – metall korpusli ajoyib smartfon. U qo‘lingizda bo‘lsa, planshetga ham ehtiyoj sezmaysiz. Yurtimizda Samsung Galaxy C9 Pro o‘rtacha 500 AQSh dollari bahosida sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!