Galaxy J8 Rossiyada sotilmoqda, narx - hayratlanarli!

Galaxy J8 Rossiyada sotilmoqda, narx - hayratlanarli!

Samsung kompaniyasi yaxshi smartfon ishlab chiqarishda nom qozongan va ishonchni oqlagan. Shu bilan birga, bu ulkan kompaniyaning katta bir xatosi bor – smartfon bahosi juda yuqori. Aksariyat ekspertlarning fikricha, kompaniyaning raqib ishlab chiqaruvchilaridan farqi qolmagan, yaxona farq -- smartfon korpusidagi logotip.

Bugun, ya’ni 19 iyul kuni rossiyaliklar Koreyaning yetakchi kompaniyasi taqdim qilgan Samsung Galaxy J8 telefonini xarid qilish imkoniga ega bo‘ldilar. Biroq, narx xafa qiladi.

Samsung Galaxy J8 smartfoni ishlab chiqaruvchining hamyonbop turkumga mansub modeli sanaladi. Uning texnik imkoniyatlari ham shunga monand.

Samsung Galaxy J8 6 dyuymli, HD+ sig‘imli (1480 x 720 pikselli) Super AMOLED matritsali, 18.5: 9 o‘lchamli hamda 2.5D himoya shishasi bilan qoplangan Infinity displeyga ega bo‘lgan.

Smartfonga 1.8 Ggs chastota tezligida ishlaydigan Snapdragon 450 protsessori o‘rnatilgan, u ma’lumotlarni 14 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydi. Tezkor xotira sig‘imi 4 Gb, doimiy xotira esa 64 Gb.

Galaxy J8 bosh kamerasi qo‘sh - 16 megapikselli asosiy va 5 megapikselli yordamchi sensor. Bular yordamida orqa foni g‘ira-shira qilingan suratlar olish mumkin. Old kamera esa 16 megapikselli suratlar oladi. Barmoq izi skaneri bilan birga, smartfonning old kamerasi foydalanuvchi qiyofasi yordamida smartfon tizimini ochish funksiyasi ham joriy qilingan.

Galaxy J8 quvvati uchun tok sig‘imi 3500 mA soat bo‘lgan akkumultyaor o‘rnatilgan.

Rossiyada Galaxy J8 modelining eng arzoni talqini, ya’ni 3 GB operativ hamda 32 GB doimiy xotiraga ega talqini uchun 18 990 rubl, aniqrog‘i 300 AQSh dollari so‘ralmoqda.

O‘qing: Xiaomi Redmi 5: "Malika"dan "beshni oling"!

Bu pulga ikkita Xiaomi Redmi 5 telefonidan olish mumkin. Vaholanki, bu mobil qurilmalarning texnik imkoniyatlari deyarli bir xil. Bundan kelib chiqadiki, koreyalik brend hamyonbop gadjetiga insofsizlarcha narx qo‘ygan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!