Galaxy J8: Samsung'dan ilg‘or smartfon

Galaxy J8: Samsung'dan ilg‘or smartfon

Ayni paytda Samsung kompaniyasi yangi mobil aloqa qurilmalarini tayyorlashga kirishib ketgan. Jumladan, koreyalik ishlab chiqaruvchi "Galaxy J" hamda "Galaxy A" turkumlari orqali o‘rta narxli smartfonlar bozorini egallash uchun bor imkoniyatini ishga solmoqda.

Yaqin ikki oy ichida har ikkala turkumda bir-biridan qiziq va diqqatga sazovor modellar taqdim qilinishi kutilmoqda. Samsung Galaxy J8 hamda J8+ 2018 yilda ilg‘or jihatlar bilan ta’minlanadi.

Misol uchun, devaysning yirik va to‘liq ekranli Super AMOLED-ekranining tomonlar nisbati 18,5:9 nisbatli bo‘ladi. Bu gadjet o‘zining narxi doirasida bir qator texnik jihatlari bilan ham maqtanishi mumkin.

Hozircha aniqlangan xabarlarga ko‘ra, Galaxy J8 (2018) romdan xoli bo‘lgan ekrani bilan raqiblaridan ustunlik qiladi. Uning ekranlar tomoni 18,5:9 nisbatli va 2240 ga 1080 ta pikselga (FHD+) teng bo‘ladi.

Kecha Samsung Galaxy J8 hamda J8+ smartfonlarining ishlab chiqarilayotgani tasdiqlandi. Xitoylik insayderlardan biri mazkur modellarning akkumulyator batareyalari aks etgan suratlarni internet tarmog‘ida e’lon qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, birinchi modelning akkumulyatori 3000 mA soat, ikkinchisiniki – 3500 mA soat bo‘ladi. Hozircha ularning tezkor quvvat olish olmasligi ma’lum emas.

Ekspertlarning fikricha, bu yilgi Samsung Galaxy J7 o‘zidagi 3 gigabaytli tezkor xotira hamda 8 yadroli Exynos 7870 protsessori bilan, J8+ modeli esa nisbatan kuchli -- 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 625 chipi hamda 4 gigabaytli tezkor xotirasi bilan o‘ziga xos bo‘ladi.

Qayd etilishcha, har ikkala telefon qadoqdayoq Android 8.0 Oreo operatsion tizimining Samsung Experience UI 9.0 talqini boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Samsung kompaniyasining narx siyosatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, Samsung Galaxy J8 hamda J8+ modellari xalqaro smarfton bozorida xitoylik raqiblaridan sezilarli darajada qimmat bo‘ladi.

Xususan, Xiaomi Redmi Note 5 Pro yoki Meizu M6s kabi munosib raqiblar hozirdanoq hamyonbop va o‘rta narxli smartfon bozorini egallab olgan.

Koreyalik devayslarda Wi-Fi 802.11ac (2,4 GGs + 5 GGs), Bluetooth 5.0 LE va NFC modullari bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.