Galaxy M12 kelasi hafta Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi

Galaxy M12 kelasi hafta Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi

Samsung kompaniyasi Galaxy M12'ning sotuvi Koreya mahalliy bozorlarda ham boshlanishini aytib o‘tdi. Smartfon 28 apreldan Koreyada sotila boshlaydi. Uning narxi 198,000 Koreya voni (taxminan 177 dollar) ni tashkil qiladi.

O‘QING: Layklar evaziga Galaxy S10 Lite smartfonini yutib oling!

Qurilma Koreyada faqat qora rangda sotiladi. Ushbu smarfonni sotib olgan xaridorlarga Samsung ikki oy YouTube Premium'dan bepul foydalanishlari uchun kupon ham taklif qiladi.

Galaxy M12 6.5 dyuymli PLS IPS LCD Infinity-V displeyi bilan jihozlangan. Smartfon Android 11 tizimi va OneUI 3.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Shuningdek, Galaxy M12'ga 8 nm Exynos 850 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, 4GB tezkor, 64GB doimiy xotiraga ega. Xotirani microSD bilan kengaytirish imkoniyati mavjud.

Qurilma orqa panelida to‘rtta kamera bo‘lib, bular 48MP asosiy kamera, 5MP ultrakeng, 2MP makro, 2MP sath kameralardan iborat. Smartfon selfi kamerasi 8MPni tashkil qiladi. Asosiy kamerada video yozish imkoniyati 1080p@30 kadr/sek. bilan cheklangan.

Galaxy M12 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, akkumulyatorni 15 vatt tezlikda quvvatlash mumkin. Qurilmada, shuningdek, Bluetooth 5.0, NFC aloqalari hamda yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri mavjud.

O‘QING: Samsung Galaxy A22 5G Geekbench'da ko‘rinish berdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!