Galaxy Note 8 protsessori sinovdan o‘tkazildi va ...

Galaxy Note 8 protsessori sinovdan o‘tkazildi va ...

Samsung Galaxy Note 8 gadjetlarning apparat ta’minot salohiyatini baholaydigan GFXBench benchmarkidan sinovdan o‘tkazildi. Bungacha esa fablet protsessorining imkoniyatlari AnTuTu resursida sinab ko‘rilgani ma’lum bo‘lgan edi.

Galaxy Note 8 ham avvalgi flagman kabi 8 yadroli Snapdragon 835 va Adreno 540 video-kartasi bilan ta’minlangan. Bu talqin AQShda sotiladi. Sayyoramizning qolgan qismida sotiladigan Galaxy Note 8'da Exynos 8995 chipi va Mali-G71 video-kartasi o‘rnatilgan bo‘ladi. Taqqoslaganda har ikkala platforma imkoniyatlari deyarli bir xil

AnTuTu benchmarkida aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy Note 8  piksel sig‘imi 1080 x 2220 belgiga teng bo‘lgan ekran bilan ta’minlanadi. Ya’ni, FHD+ sig‘imli. Foydalanuvchi uni 1440 x 2960 (QHD+) sig‘imiga aylantirishi mumkin.

Note 8 6.3 dyuymli Super AMOLED matritsali ekranga ega bo‘ladi.

Devaysda 6 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan. GFXBench benchmarki esa smartfon bosh kamerasi qo‘sh kamerali ekanini rad etmoqda. AnTuTu resursiga ko‘ra, Galaxy Note 8  12 megapikselli bosh va 8 megapikselli old kameralarga ega bo‘ladi. Smartfon Android 7.1.1 tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Eng qizig‘i shundaki, Galaxy Note 8 AnTuTu imtihonlarida 179,000 ball to‘plagan. Bu -- orqaga chekinish. Boisi, bahorda taqdim qilingan Samsung Galaxy S8 bu sinovda 205,000 ball olib,  iPhone 7 Plus kabi jahon yetakchisini orqada qoldirgan edi.

Apple ham yaqinlashib kelayotgan sentyabrda ma’lumotni 10 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydigan chip o‘rnatilgan iPhone 8 va iPhone 7s'ni taqdim qilish rejasida. Ekspertlarning fikricha. bu chipga ega smartfon platformasi samaradorlik bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatishga qodir bo‘ladi.

Samsung Galaxy Note 8 taqdimoti 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi va smartfon keyingi kuni sotuvga chiqariladi.