Galaxy Note 8 uchun dasturiy ta’minot yangilandi

  •   Saroy
  •  533
  •  13.09.2018 14:26

Galaxy Note 8 uchun dasturiy ta’minot yangilandi

Samsung kompaniyasi o‘tgan yilgi fablet Galaxy Note 8 uchun yangilangan tizim e’lon qildi.

Yangilanish 711 MB keladi va XDA-Developers nashrining xabar qilishicha, unga sentyabrning xavfsizlik patchini qo‘shgan. Bundan tashqari, dasturiy ta’minotda  ikkita yangi funksiya ham paydo bo‘lgan. Birinchisi — Galaxy Note 8  AR Emoji bilan qo‘llab quvvatlandi. Bu Apple Animoji’ning anologi bo‘ladi. Ular yordamida foydalanuvchilar 3D-selfi qilishi mumkin. Ikkinchi yangilik esa asosiy kameraga tegishli bo‘ldi. Endi Galaxy Note 8 Super Slow-Motion funksiyasiga ega. Uning yordamida smartfon 720r formatida soniyasiga 960 kadr tezlikda video olishi mumkin.  

Manbada aytilishicha, yangilanish allaqachon Fransiya hududidagi qurilmalarga tarqatilgan. Yaqin orada dasturiy ta’minotning yangi versiyasini boshqa mamlakatlar ham ola boshlaydi.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.