Galaxy Note 9’larda allaqachon ishkal chiqa boshladi!

  •   DiMaX
  •  2506
  •  28.08.2018 10:51

Galaxy Note 9’larda allaqachon ishkal chiqa boshladi!

Samsung korporatsiyasining flagman smartfoni – Galaxy Note 9 hali o‘tgan haftadagina sotuvga chiqqandi. Ammo allaqachon xaridorlar undagi muammodan shikoyat qila boshlashdi.

O‘QING: Galaxy Note 9 sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatdi!

Mazkur fabletning ilk xaridorlari uning ekrani chekkasidan yorug‘lik chiqayotganini aytishayotir. Displeyning yon chekkasi korpusning metall romi bilan tutashgan joyida shisha ostidan nur ko‘rinmoqda.

Ammo vaziyat unchalik ham vahima qilarli emas, hatto ba’zi Galaxy Note 9 xaridorlari buni tabiiy holat, deb ham baholashmoqda. Aytish kerakki, janubiy koreyalik gigantning avvalgi – Galaxy Note 8 hamda Galaxy S9 modellarining ayrim foydalanuvchilari ham shunga o‘xshash nuqsondan nolishgan.

Samsung kompaniyasining o‘zi foydalanuvchilarning shikoyatlariga hozircha javob bermagan. Hatto raqobatchilarini mayna qilgan holda maqtalgan eng qimmat smartfonida muammo chiqsa-yu, ishlab chiqaruvchi o‘z mijozlarining e’tiroziga biror munosabat bildirmasa, baribir g‘alati bo‘lar ekan...

O‘QING: Samsung’ning «masxaraviy» seriali: u Galaxy Note 9 reklamasida ham Apple va iPhone X ustidan kulmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.