Galaxy Note 9’ning kodli nomi ma’lum bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  2667
  •  06.11.2017 17:24

Galaxy Note 9’ning kodli nomi ma’lum bo‘ldi

Samsung kompaniyasining Galaxy Note 9 rusumli fableti Crown kodli nomi ostida tayyorlanmoqda. Bu haqda uni insayderlar ma’lumotiga tayanib The Investor nashri yozgan.

Mazkur ma’lumotni smartfon uchun butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi bir kompaniyada ishlovchi, shaxsini sir tutishni istagan insayder taqdim etgan. Manbaning ta’kidlashicha, Samsung Galaxy Note 9 modelini sinov uchun ishlab chiqarish keyingi yilning birinchi choragidayoq boshlanadi.

O‘QING: Galaxy Note 8 hamda iPhone X’ning foto va video suratga olishi o‘zaro taqqoslandi (+video)

Aytish kerakki, Samsung Galaxy Note 8 fabletining ekrani o‘lchami diagonaliga 6,32 dyuymni tashkil etadi. Uning keyingi avlodi ham xuddi shunday o‘lchamli displeyga ega bo‘lishi kutilmoqda. Oldingisidan farqli ravishda, to‘qqizinchi avlod fabletda barmoq izi skaneri bevosita displeyning yuzasiga joylanadi.

O‘QING: Apple va Samsung uddalay olmagan texnologiyani Vivo amalga oshirdi

Crown kodli nomiga ega Galaxy Note 9 smartfoni kelasi yilning avgust oyida taqdim etilishi aytilayotir.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtimiz aholisi uchun Galaxy Note 8 fabletini kredit bo‘yicha so‘mga olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, «Malika» savdo majmuasi do‘konlarida Samsung smartfonlarining ayrim modellariga naqd pulda, so‘mda belgilangan narxlar bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!