Galaxy Note 9 sotuvga tayyorlanmoqda

Galaxy Note 9 sotuvga tayyorlanmoqda

Smartfon ishlab chiqargan bilan undan tezda foyda olishning iloji yo‘q. Ishlab chiqaruvchi oldida jahonning turli smartfon bozoriga kirib borish va marketing bilan shug‘ullanishdan avval turli rasmiyatchiliklardan o‘tish kabi mashaqqatli ish turgan bo‘ladi. Jumladan, bugun jahonning aksariyat davlatlari yangi smartfon modelini mamlakat hududida sotish uchun uni "savdo belgisi" sifatida ro‘yxatga o‘tkazishni talab qilishadi. Xuddi shunday voqea ayni paytda Samsung Galaxy Note 9 modeli bilan sodri bo‘lmoqda.

Janubiy koreyalik Samsung korporatsiyasi jahon bo‘ylab hali taqdim qilinmagan yangi Galaxy Note 9 smartfonini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda. Xususan, bugun internet tarmog‘ida yangi fabletning Kolumbiyada ro‘yxatdan o‘tganiga oid xabarlar ma’lum qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu model jihat va ko‘rinishiga ko‘ra Galaxy Note 8 modeliga qisman o‘xshab ketadi.

Samsung Galaxy Note 9 mobil aloqa vositasi 6,3 dyuymli va Super AMOLED matritsali, 18,5:9 o‘lchamli hamda 2960 ga 1440 pikselli (QHD+) ekran, 8 yadroli Exynos 9810 (AQSh va Xitoyda Snapdragon 845) protsessori, 6 GB operativ hamda 64/256 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi.

Qo‘sh sensorli bosh kamerada ham harakatlanadigan yorug‘lik taqsimlovchi diafragma (apertura)ning o‘rnatilishi kutilmoqda.

Galaxy Note 9 taqdimoti shu yilning avgust oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Galaxy S9 hamda S9+ flagmanlari bir oz qimmatga sotuvga chiqarilganini hisobga olsak, xaridor yangi romsiz fablet uchun ham yaxshigina mablag‘ xarajat qilishi kerak bo‘ladi.

Galaxy Note 8 modeli O‘zbekisonda 6 154 000 so‘mdan sotilayotganini hisobga olsak, yangi modelning 7 million so‘mdan boshlab sotilishini kutish mumkin. 256 gigabaytli talqin bahosi esa 8 million so‘mdan oshib ketishi aniq.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!