Galaxy S10 Lite qaysi ranglarda chiqadi?

Galaxy S10 Lite qaysi ranglarda chiqadi?

Samsung kompaniysi Galaxy S10 va Galaxy Note10 lineykasi qatoriga "Lite" versiyani qo‘shishga tayyorlanmoqda. Ularga, mos ravishda, SM-G770F va SM-N770F model raqamlari berilgan. Hozirda S10 Lite haqida ko‘p narsa ma’lum bo‘lsa, Note'ning Lite talqini haqidagi ma’lumotlar sirligicha qolmoqda.Samsung Galaxy S10 Lite Galaxy A91'ning boshqacha nomi bo‘lishi mumkin. Smartfon oq, qora va ko‘k ranglarda chiqariladi. Ushbu smartfonlar Note10'ning aura rangidan farqli o‘laroq, prizma xususiyatiga ega bo‘ladi va kamroq gradyant taratadi.Galaxy A91 kabi S10 Lite ham Snapdragon 855 chipi, 8/128GB tezkor va doimiy xotira, 45 vattli tezkor quvvatlanish imkoniyati va 4500mA/soat sig‘imli akumulyatorga ega bo‘lishi aytilmoqda. Kameralar haqida gap borganda aytish mumkinki, S10 Lite 48MP asosiy, 12MP ultra keng burchakli, 5MP sath va 32MP selfiye kameraga ega bo‘ladi.Ekran 6,7 dyumli 1080p+ Super AMOLED bo‘lib, Galaxy S10 + (6.4“) ning displeyidan kattaroq va S10 5G (6.7 “) niki bilan teng bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy Note10'ning hamyonbop talqini Note10 Lite deb ataladi. Bu hali hammasi emas!..

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!