Galaxy S10 millionlab insonlarni hayratga soladi

Galaxy S10 millionlab insonlarni hayratga soladi

Bugungi zamonaviy smartfonlarga xos umumiy muammolardan biri batareyaning to‘liq quvvati bor-yo‘g‘i bir yoki ikki ish kuniga yetishidir. Tobora smartfondan faolroq foydalanayotgan odamlar ayrim flagmanlarni kuniga ikki yoki uch marotabadan quvvatlashga qo‘yishmoqda.

Ayrim kompaniyalar salmoqli quvvat sig‘imiga ega akkumulyator yordamida mazkur muammoni bartaraf qilishga urinishmoqda. Smartfon o‘lchami yiriklashuvi hisobiga bunda yaxshi natijaga erishish mumkin. Taqdimoti kutilayotgan Samsung Galaxy S10 smartfonida esa boshqa bir texnologik yondashuv ilgari suriladi.

 

Ice Universe insayderining ma’lum qilishicha, Samsung Galaxy S10 bir martalik quvvat bilan "uzoq yashovchan" ega bo‘lishi orqali millionlab insonlarni hayratga soladi. Xabarlarga ko‘ra, mobil qurilmaga o‘rnatilishi kutilayotgan Exynos 9820 protsessori energiyani tejaydigan ilg‘or chip bo‘ladi.

Samsung Exynos 9820 protsessorining me’moriy yechimi uch klasterli bo‘ladi. Bugungi kungi smartfonlar chipseti ikki klasterli hisoblanishadi. Ilg‘or chip ichkarisida to‘rtta quvvatni tejaydigan Cortex-A55 yadrolari, ikkita Cortex-A75 yoki A76 yadrolari bo‘ladi. So‘nggi yadrolar o‘rta darajali topshiriqlarni bajarsalar, to‘rtinchi avlod qo‘shimcha Exynos M4 (Mongoose) yadrolari video yoki suratni qayta ishlash kabi quvvatni ko‘p talab qiladigan vazifalarni bajaradilar. Natijada, flagmandagi quvvatni tejash ko‘rsatkichi 20-25% ga oshadi.

Samsung Galaxy S10 smartfoni 2019 yilning fevralida bo‘lib o‘tadigan MWC 2019 anjumanida ilk marotaba namoyish qilinadi. Mazkur flagmanning eng yuqori talqini 6,44 dyuymli, 2960 ga 1440 pikselli (QHD+), Super AMOLED matritsali ekrani, uch sensorli bosh kamerasi hamda boshqa o‘ziga xosliklari bilan ajralib turadi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.