Galaxy S10: "rekordchi flagman" hayratga soladi

Galaxy S10:

Samsung Galaxy S10 flagmani taqdimoti yaqinlashgani sayin ishonchli manbalar bu modelga xos jihatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni ko‘proq e’lon qilishmoqda. To‘g‘ri, hali bu hodisaga qadar yarim yil vaqt bor. Biroq, mobil qurilma deyarli tayyor qilingan. Quyida bizgacha ma’lum xabarlarni siz bilan o‘rtoqlashamiz.

Xitoylik ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, telefonda barmoq izini skaner qiluvchi ilg‘or ultra tovushli skaner bo‘ladi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu skaner displeyga ham o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.

@UniverseIce insayderining yozishicha, ekran tamomila o‘ziga xos bo‘ladi. Mazkur nashrning ma’lum qilishicha, Samsung Galaxy S10 smartfoni ekranining piksellar sig‘imi bilan barcha smartfonlarni dog‘da qoldiradi. Devays bu borada rekord o‘rnatadi.

Bir necha yillar ilgari barcha telefon ishlab chiqaruvchilari Quad HD sig‘imli ekranlarni ishlab chiqara boshlagan edilar. Sony esa o‘tgan yili Xperia XZ Premium modelining displeyi uchun 4K sig‘imli displey tanlab, yangi ekran texnologiyasini boshlab bergan edi.

Insayderning ishonch bilan aytishicha, koreyalik korporatsiyaning yangi flagmani uchun Galaxy S9 kabi QHD+ emas, hatto undan ham yaxshi UHD+ sig‘imli ekran tanalanadi. Bunday yuqori pikselli ekran evaziga har bir dyuymda 600 ppi piksel bo‘ladi. Samsung Galaxy S10 smartfoni ega bo‘ladigan bunday ilk ekran evaziga undan foydalanish, ayniqsa virtual voqelik dasturlari va o‘yinlaridan foydalanish foydalanuvchiga katta qulaylik yaratib beradi.

Ayni paytda jahonda biror bir smartfonga AMOLED-matritsali hamda 4K sig‘imli ekran o‘rnatilmagan. Bunday ekranlarni faqatgina Samsung Display ishlab chiqara oladi. Shunday ekan, o‘ta innovatsion ekranga ega ilk smartfonni ham firmaning o‘zi ishlab chiqaradi.

Xitoylik insayderlarning ma’lum qilishlaricha, Galaxy S10 kuchli protsessori bilan ham maftunkor bo‘ladi. 7 nanometrli texnik jarayonda ishlaydigan yangi chip smartfon imkoniyatini oshiradi. Shuningdek, qiyofani 3D o‘lchamda skaner qiluvchi yangi tizim ham ko‘pchilik uchun ayni muddao bo‘ladi.