Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarining narxlari ma’lum bo‘ldi

Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarining narxlari ma’lum bo‘ldi

O‘tgan hafta Ice Universe insayderi Galaxy S22, S22+ hamda S22 Ultra smartfonlari uchun mo‘ljallangan ekran himoya shishasining suratlarini e’lon qilgan edi. Endi smartfonning kamera moduli uchun mo‘ljallangan himoya shishasining suratlari hamda smartfonlarlarning narxlari e’lon qilindi. 

Smartfonlarning displey hajmlari quydagicha: 

Galaxy S22 - 6.06 dyuym

Galaxy S22+ - 6.55 dyuym

Galaxy S22 Ultra - 6.8 dyuym (chetlari qayrilgan). 

Kamera jihatdan, Galaxy S22 hamda S22+ uchta kamera bilan, S22 Ultra esa to‘rtta kamera bilan jihozlanadi. 

Shuningdek, uchala modelning Shimoliy Amerikadagi narxlari e’lon qilindi. Narxlar quydagicha: 

Galaxy S22 - 849 dollar

Galaxy S22+ - 1049 dollar

Galaxy S22 Ultra - 1299 dollar

Galaxy S22 seriyasining rasmiy taqdimoti 2022-yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

O‘QING: Galaxy A03 smartfoni taqdim etildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!