Galaxy S22 Ultra'ning yangi renderlari e’lon qilindi

Galaxy S22 Ultra'ning yangi renderlari e’lon qilindi

Samsung kelasi oyda o‘zining uchta yangi flagman smartfonini taqdim etadi. S22 Ultra seriyaning eng katta smartfoni hisoblanadi. Qurilma stilusga ega bo‘lib, u S va Note seriyasidan birlashgan gibrid smartfonga aylanadi. 

Kecha mashhur insayder S22 Ultra'ning yangi renderlarini taqdim etdi. Suratdan ko‘rinib turibdiki, smartfon to‘rt xil rangda bo‘ladi. 

S Ultra flagmanining kulrang, oq va qoradan tashqari boshqa ranglarda bo‘lishi ham juda yaxshi holat. 

Galaxy S22 Ultra'ning dizayni seriyadagi S22 va S22+ modellaridan ancha farq qiladi. Qirrali burchaklar bilan S22 Ultra ko‘proq Note20 Ultra'ni eslatib yuboradi. 

Qurilma 108MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera va ikkita 3x hamda 10x optik zumni qo‘llab-quvvatlovchi 10MP telefoto kameralarga ega bo‘ladi. Kamera tizimi 12 bitli HDR formatda video yozish imkoniyati va avtomatik kadr tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. 

Old tomonda 1440x3088 rezolyutsiyadagi 6.8 dyuymli AMOLED displeyi joylashadi. Displey LTPO texnologiyasiga ega bo‘lib, u joriy kontentga qarab 1-120Hz yangilanish chastotasida ishlashi mumkin. Shuningdek, displeyning yuqori qismidan yumaloq tirqishli 40MP selfi kamera o‘rin oladi. Old panel Gorilla Glass Victus+ shishasi bilan himoyalanadi. 

Smartfonning korpus hajmi 163.3 x 77.9 x 8.9 millimetr, og‘irligi esa 228 grammni tashkil qiladi. Qurilma chang va suvdan himoya IP68 standartiga ega. U 45 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, akkumulyatorni 15 vattda simsiz ham quvvatlash mumkin. 

Galaxy S22 Ultra ikkita AKG dinamiklari bilan jihozlanadi. Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

O‘QING: Samsung kompaniyasi Exynos 2200 chipini taqdim etdi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!