Galaxy S23 Ultra kamerasi haqidagi ma'lumotlarga aniqlik kiritildi

Galaxy S23 Ultra kamerasi haqidagi ma'lumotlarga aniqlik kiritildi

Samsung kompaniyasining Galaxy S23 seriyasidagi Ultra model butunlay yangi 200 megapikselli sensorga ega bo'lishi anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan edi. Taniqli va ishonchli ma'lumotchi, Ice Universe ushbu ma'lumotlarga yanada aniqlik kiritdi. Uning aytishicha, bo'lajak Galaxy S23 Ultra modelining 200 MP kameraga bilan chiqarilish ehtimoli 100% aniq va 0.6µm pikselli, 1/1.3” dyuymdagi sensorda, f/1.7 diafragmaga ega bo'ladi.

Bu ISOCELL HP1 va ISOCELL HP3 - hozirgi bozordagi 200 MP kameralaridan boshqacharoq: HP1 sensori 0.64µm pikselli 1/1.22" dyuymdagi sensor bo'lsa, HP3 0.56µm pikselli, 1/1.4" dyuymdagi sensor hisoblanadi. Galaxy S23 Ultra'ga o'rnatilishi aytilayotgan sensor esa bu ikkisining o'rtasida bo'ladi. 

Hozircha Galaxy S23 Ultra kamera dizayni o'zgarishi kutilmayapti. Bo'lajak flagman hozirgisining 10 megapikselli periskop modulini ham saqlab qolishi aytilmoqda.

O'QING: iPhone 14 smartfonlarining batareya hajmi qancha?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!