Galaxy S7 va Galaxy S7 edge'dagi xavfsizlik tizimi kuchaytirildi

Galaxy S7 va Galaxy S7 edge'dagi xavfsizlik tizimi kuchaytirildi

Samsung kompaniyasi Galaxy S7 va Galaxy S7 edge flagmanlari uchun xavfsizlik tizimlarida yirik yangilanishni e’lon qildi. Tizim yangilanishlari avvaliga Yevropa hududi uchun taqdim etildi va bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham tatbiq qilinmoqda.

Hajmi 135 MB bo‘lgan yangilanish smartfondagi sentyabr va oktyabr oyi uchun xavfsizlik tizimini mustahkamlaydi, shuningdek BlueBorne hujumlaridan himoya qiladi.

BlueBorne hakerlik hujumlari so‘nggi vaqtlarda tez ommalashmoqda va bu virus kompyuter, smartfon va planshetlarni Bluetooth tarmog‘i orqali egallab oladi, qurilmadan kerakli ma’lumotlarni hakerlarga yuborib, uni zararlaydi.

Sizdagi Galaxy S7 bu xavfsizlik tizimiga yangilanishini qayerdan bilish mumkin?

Sizning Galaxy S7 edge yoki Galaxy S7 smartfoningiz bu yangilanishni yuklab olish-olmasligini aniqlash uchun «Sozlamalar»ga kiring va «Dasturiy ta’minotni yangilash»ni tanlab, «Yangilanishni qo‘lda yuklab olish»ni belgilang.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!