Galaxy S7 va S7 Edge Android 7.0 versiyasiga yangilanishni boshladi

Galaxy S7 va S7 Edge Android 7.0 versiyasiga yangilanishni boshladi

Samsung o‘zining so‘nggi modellari uchun boshqa kompaniyalar singari Android 7.0 versiyasini sinovdan o‘tkazayotgani to‘g‘risida avvalroq xabar qilgan edik. Kuni kecha Sammobile nashrida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Samsung 17 yanvardan boshlab xoirgi flagmanlar Galaxy S7 va S7 Edge modellari uchun Android 7.0 versiyasi chiqaradi.

Ushbu versiya bir necha oylardan beri beta-sinov bosqichidan o‘tayotgan edi. Matbuotda hatto Janubiy koreya firmasi o‘z flagmanlariga Android 7.0 emas, balki bir yo‘la Android 7.1 versiyasini chiqarishi mumkinligi haqida xabarla ham paydo bo‘lgan edi. Biroq kompaniya bilan yaqindan hamkorliik qiladigan nashrlar (jumladan, Sammobile.com ham) ushbu xabarlarning asossiz ekanini bidirdi.

Hozircha Android 7.0 versiyasi birinchi bo‘lib qaysi mintaqa yoki mamlakat uchun chiqarilishi noma’lum. Ammo tez muddatda ushbu versiya barcha Galaxy S7 va S7 Edge uchun yuboriladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.