Galaxy S7 va S7 Edge Samsung Cloud xizmatiga qo‘shiladi

Galaxy S7 va S7 Edge Samsung Cloud xizmatiga qo‘shiladi

Shu oy boshida taqdimoti o‘tkazilgan Galaxy Note7 fableti Samsung Cloud xizmati tadbiq etilgan ilk qurilma bo‘lgan. Endilikda ushbu funksiyani Galaxy S7 va S7 Edge foydalanuvchilari ham ishlatishlari mumkin. Buning uchun mazkur smartfonlarning dasturiy ta’minotini so‘nggi versiyaga yangilash kifoya.

Galaxy Note7 fableti hali sotuvga chiqmaganini hisobga olsak, Galaxy S7 va S7 Edge smartfonlari mazkur xizmatdan foydalanadigan ilk qurilmalar bo‘lishi mumkin.

Samsung Cloud boshqa bulutli xizmatlar maxanizmi kabi ishlaydi. Umumiy foydalanish maydoni 15 gigabayt. Servisga fayllarni yuklash, sinxronlash, qayta tiklash va ulardan keyinchalik boshqa smartfonlarda foydalanish mumkin. Samsung Cloud kontaktlar, hujjatlar, rasm, video va ilova ma’lumotlari kabi fayllarni saqlash uchun juda qulay. Albatta, faylni xizmatga yuklash jarayonida internet trafik sarflanadi.

Keyinchalik ushbu xizmat boshqa Galaxy qurilmalarida paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!