Galaxy S8 flagmani S7’dan 30 foizga tezroq ishlaydi

Galaxy S8 flagmani S7’dan 30 foizga tezroq ishlaydi

Koreyaning Korea Herald nashrining ma’lum qilishicha, Samsung Electronics kompaniyasi navbatdagi Samsung Galaxy S8 gadjetini MWC 2017 anjumani chog‘ida tor doirada namoyish qilgan. Devays mobil operatorlarida katta taassurot qoldirgani aytilmoqda.

Samsung kompaniyasi 29 mart kuni Nyu-Yorkda taqdim etadigan Samsung Galaxy S8 flagmani to‘g‘risida jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otish harakatida.

Avvalgi “bayroqdor” bo‘lmish Galaxy Note 7’ning muvaffaqiyatsizligi, kompaniya prezidentining poraxo‘rlikda ayblanib, qamoqqa olingani Samsung’ning nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli, kompaniya Galaxy S8 haqidagi mish-mishlar ko‘rinishadig axborotlar orqali ommaning diqqatini o‘ziga qaratmoqda.

Investor nashriga ko‘ra, Galaxy S8, S8 + smartfonlari taqdimotdan qisqa fursat o‘tib, 10 apreldan boshlab sotila boshlaydi. Samsung Galaxy S8’ning 5,8 dyuymli versiyasi 885 dollar, 6,2 dyuymli talqini 950 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi. Kompaniya 60 million dona Galaxy S8 sotishni reja qilmoqda.

Galaxy S8 ikki yonga egilgan, deyarli romsiz 5.8 dyuymli Quad HD Super AMOLED (2560 x 1440 pikselli) ekraniga ega bo‘ladi. Unij old dispelyida smartfon sanoatining yangiligi bo‘lgan ko‘zning rangdor pardasini skaner qilish sensori ham mavjud bo‘ladi (bu texnologiya Galaxy Note 7’da taqdim qilingan edi).

Shuningdek, devays Qualcomm’ning so‘nggi ilg‘or protsessori – Snapdragon 835 va Yevropa hududida 3GHz Exynos 8895 protsessori bilan ta’minlanadi. U 4 GB operativ hamda 64 GB doimiy ichik xotira, microSD xotira kartasini o‘qiydigan bo‘lmachaga ega bo‘ladi. Samsung bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yangicha tranzistor texnologiyasing faoliyatini avvalgilariga nisbatan 30% ga yaxshilab, quvvat iste’molini 40% ga kamaytiradi.

S8’da 12 MP ‘Dual Pixel’ texnologiyasiga ega bosh hamda 8 MP selfi-kamera o‘rnatiladi. IP68 sertifikatiga ega smartfon chang va suv ta’siriga bardoshli. “Aqlli telefon” Samsung Knox’ning xavfsizlik platformasi, simsiz quvvatlash texnologiyasi, Samsung Pay’ning elektron to‘lov tizimi, 4G LTE hamda AKG’ning ilg‘or audio uzatish tizimi bilan ta’minlangan.

Galaxy S8 Plus’ning S8’dan farqi ekran hajmi bo‘lib, u 6.2 dyuymli. Smartfonlar old panening kamida 95 foizi ekrandan iborat bo‘ladi.