Galaxy S8: iPhone 7’dan ustun 6 texnologiya, ammo sotib olmaslik uchun 5 sabab

Galaxy S8: iPhone 7’dan ustun 6 texnologiya, ammo sotib olmaslik uchun 5 sabab

Smartfon marketingining mohir “o‘yinchi”laridan biri bo‘lgan Samsung yangi flagman smartfonini “Infinity Display”, ya’ni “tugmanmas displey” laqabi bilan 29 mart kuni ommaga taqdim qildi. Devays bozorda Apple, LG, Huawei’ning smartfonlari bilan jiddiy “kurash”ga kirishadi. Ayniqsa,  iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus hozircha Samsung Galaxy S8’ning kuchli raqibi. Hozir sizga bu raqiblar o‘rtasidagi tafovut va jihatlarni bayon qilamiz.

6 Samsung Galaxy S8 features missing in Apple iPhone 7 smartphones

1. Super AMOLED displey paneli 4K sig‘imli, ya’ni undagi piksellar sig‘imi 1440x2960 belgiga teng, Bu esa yorqin va tasvir detallari aniq-tiniq namoyish bo‘ladi, degani. Shuningdek Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan himoyalangan. Bo‘yiga nisbatan smartfonning ekran ulushi 83.6%ni tashkil qiladi. iPhone 7’da esa ekran ulushi ancha past, 65.6%. Uning piksel sig‘imi ham juda past, ya’ni 1,334 x 750, Plus talqinida esa 1,920 ga 1,080.

​ ‘Infinity display’ with curved edges

2. Samsung Galaxy S8 va Galaxy S8+ uchun foydalanuvchi qiyofasini tanish texnologiyasi muhim jihat. Bu uning xavfsizligini ta’minlash uchun ayni muddao. Biroq, bu sensorning surat yordamida ham shaxsni tasdiqlashi, foydalanuvchining fotosuratini ko‘rsatsa ham, smarfton darrov blokirovkadan chiqishi – katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Umid qilamizki, Samsung bu muammoni ilovaning yangi talqinida bartaraf qiladi.

Apple iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus ham bu jihatga ega emas. Ular o‘z xavfsizliklarini ta’minlashda hozircha barmoq izlari skaneriga suyanishadi.

​ Facial recognition

3. Samsung Galaxy S8/Galaxy S8+ devayslari Gigabit LTE, ya’ni sekundiga 1000 MB ma’lumot o‘tkazish texnologiyasi bilan ta’minlangan jahondagi ilk smartfonlardir. Bunda Qualcomm Snapdragon 835 protsessorining yuqori tezlikni qo‘llab-quvvatlaydigan X16 LTE modemining o‘rni muhim. Samsung’ning Exynos 8895 protsessori ham Gigabit LTE’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Apple iPhone 7 va 7 Plus esa LTE tarmog‘ida sekundiga 450 MB ma’lumot o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Gigabit LTE support

4. Yangi Galaxy S8 turkumidagi smartfonlar Bluetooth 5.0. standartiga ega jahondagi ilk mobil aloqa vositalaridir. Bu simsiz texnologiya smartfonga bir vaqtning o‘zida 2 juft simsiz audio quloqchinni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. Bluetooth v5.0 texnologiyasi ayni paytdagi talqindan juda tezkor va qamrov diapazoni ham keng. Apple iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus esa Bluetooth 4.2 talqinida ishlaydi.

Bluetooth v5.0

5. Simsiz quvvatlash texnologiyasi Samsung smartfonlari uchun yangilik emas. Zero, kompaniyaning Galaxy S7 devaysi ham bu jihatga ega. Apple iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus’da hattoki tezkor quvvatlash texnologiyasining yo‘qligi achinarli.

​ Wireless fast-charging

6. Apple smartfon savdosi yoki marketingida o‘zining kuchli protsessorlari bilan doim peshqadam bo‘lgan. Ammo, Galaxy S8 hamda S8+ orqali Samsung “Olma”ni bu masalada ortda qoldirgan ko‘rinadi. Amerikaning Qualcomm Snapdragon 835 hamda kompaniyaning Exynos 8895 protsessorlarining texnik ishlash jarayoni 10 nanometrni tashkil qiladi va samaradorlik bo‘yicha Apple protsessorlaridan ortda qolmaydi.

Izlagan imkon topar, deganlaridek Samsung Galaxy S8’ni sotib olmaslik uchun ham bemalol sabablar topish mumkin

  1. Batareya hali ishonchdan o‘tgani yo‘q

2016 yilgi Galaxy Note7’ning ommaviy yonib ketishidan hafsalasi pir bo‘lgan foydalanuvchilar Samsung bu gal ham “portlovchi” smartfon tayyorlagan bo‘lsa-ya, degan xavotirda yurishibdi. Lekin, Samsung – bu Samsung. Ta’zim qilib, barchadan uzr so‘ragan kompaniya xatoni qayta takrorlamaydi, degan umiddamiz.

  1. Barmoq izlari skanerining orqaga ko‘chgani – katta didsizlik

Home tugmasidan voz kechib, Samsung barmoq izi skanerini orqaga, bosh kameraning yoniga joylashtirdi. Ekspertalrning fikricha, bu smartfondagi estetik mutanosiblikka jiddiy zarar yetkazgan. Ayniqsa, kamerani barmoqda tozalashni xush ko‘ruvchilar uchun skaner noqulay tugma bo‘lib qoladi. Nexus va Pixel kabi uni kameradan uzog‘roqqa joylashtirish ham mumkin edi.

  1. Mo‘rt korpus

So‘zsizki, Galaxy S8 – smartfon bozorining nafis va xushbichim aloqa vositasi. Ammo, bu go‘zallik noxos qo‘ldan tushib ketib, darz ketgan korpusga qarab, ko‘ngildan nimalar o‘tishini o‘ylang. Ming dollarlik telefon-a! iPhone 4 bilan bog‘liq shikoyatlarni hali unutganimiz yo‘q. Apple mo‘rt korpus muammosini alyuminiy korpus orqali hal qilgan edi. So‘ng boshqalar ham shu texnologiyani tatbiq qila boshladi.

Galaxy S8 korpusini himoya qilishning eng yaxshi yo‘li himoya shishasidan foydalanish. Lekin hozircha bunday shisha bozorda yo‘q. Chexol shunday go‘zallikni o‘rab qo‘ya qoladi. Xullas, agar siz ehtiyotkor odam bo‘lsangiz, Galaxy S8 xarid qiling.

  1. TouchWiz – Samsung’ning eng ko‘p tanqid ostiga olinadigan Android talqini.                 Samsung ushbu Galaxy S8 va S8+ ham shu e’tirozli operatsion tizimga ega. To‘g‘ri, juda yomon emas. Afsuski, Bixby ovozli yordamchisi va kuchli ilovalarni yaratayotgan Samsung kompaniyasi Pixel smartfonidagi kabi, bitta yaxshi operatsion tizim yaratsa zo‘r bo‘lardi.

  1. iPhone 8 — kutishga munosib

iPhone 7 – kuchli protsessor va samarali dasturiy platformaga ega flagman. Ammo, sentyabrda taqdim qilinishi kutilayotgan, ayfon modelining 10 yillik yubileyiga to‘yona sifatida ishlab chiqariladigan iPhone 8’ning Galaxy S8’dan ham ilg‘orroq bo‘lishi ma’lum qilingan.

Guvohi bo‘lganingizdek, hech narsa tugal yoki mukammal emas. Jumladan, 1000 dollarlik geleksining ham yaxshi va zaif jihatlari bor. Lekin, xulosani biz emas, siz chiqarasiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!