Galaxy S8: jahon rekordi, narx va kutilmagan ranglar

Galaxy S8: jahon rekordi, narx va kutilmagan ranglar

Samsung kompaniyasining keyingi flagmanlari bo‘lishi kutilayotgan Samsung Galaxy S8 samaradorlik bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatib, bu borada peshqadam bo‘lgan iPhone 7 Plus’ni ortda qoldirishga erishdi.

Mobil aloqa vositalari platformasining samaradorligini baholaydigan AnTuTu benchmarkida “Samsung Galaxy S8” nomi bilan sinovdan o‘tkazilgan testda janubiy koreyalik ilg‘or smartfon 205 284 ball to‘plagan. Bu borada “uloq”qa ega bo‘lib kelgan amerikalik iPhone 7 Plus 184 981 ball to‘plagan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, gadjetda qaysi protsessor – Snapdragon 835 yoki Exynos 8895 o‘rnatilgani ma’lum emas.

29 mart kuni Nyu-Yorkda taqdimoti bo‘lishi kutilayotgan Samsung Galaxy S8’ning quyidagi yangi suratlari taniqli tahlilichi Evan Blass tomonidan bugun, 20 mart kuni tarqatilgan.

Tahlilchining fikricha, Samsung Galaxy S8 va S8 Plus uch talqindagi korpusda ishlab chiqariladi: qora osmon, kul rang orxideya va kumush rang arktika. Evan Blass, shuningdek smartfon narxalri va aksessuarlariga ham oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, Galaxy S8 799 yevro, Galaxy S8 Plus 899 yevrodan sotiladi. Smartfon bilan birga, uni monitorga ulab, kompyuterga aylantiruvchi DeX stansiyasi ham 150 yevrodan sotuvga chiqariladi. Galaxy S8’ga mo‘ljallangan virtual voqelik shlemi — GearVR 129 yevrodan, Gear360 qo‘shimcha kamerasi 229 yevrodan sotiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.