Galaxy S8'ning noyob talqini taqdim qilindi

Galaxy S8'ning noyob talqini taqdim qilindi

Bugun xalqaro bozorda Samsung Galaxy S8 modelining yana bir o‘ziga xos talqini taqdim qilindi. Burgundy Red deb nomlangan talqin to‘q qizil rangli korpusga ega bo‘lgan. Aniqrog‘i smartfonning orqa paneli va yon sinchlari alvon rangda bo‘lsa ham, old panel qoraligicha qolgan.

Bu talqinning texnik jihatlari:

Ekran: 5.8 dyuymli, Quad HD+ (2960 × 1440 piksel) sig‘imli, Super AMOLED matritsali hamda Infinity display dizaynli, Corning Gorilla Glass 5 shishasi bilan qoplangan;
Protsessor: 8 yadroli Samsung Exynos 9 (8895), Mali-G71 MP20 video kartasi;
Xotira: 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy, microSD orqali kattalashtirish mumkin;
Operatsion tizim: Android Oreo;
Sim-karta: 2 ta;
Kamera: 12 megapikselli qo‘sh sensorlar "Dual Pixel" texnologiyasiga ega hamda LED fotochaqnog‘i, f/1.7 o‘lchamli diafragmaga ega bo‘lgan;
Old kamera: 8 megapikselli, f/1.7 diafragmali;
Audio tuynuk: 3.5 mm.li an’anaviy port;
Sensorlar: yurak urishini o‘lchaydigan sensor, barmoq izi va ko‘z pardasi sensori, barometr;
Korpus: metall va shisha, IP68 bo‘yicha himoyalangan;
Aloqa imkoniyatlari: 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 4.2 LE, GPS (GLONASS), USB 2.0, NFC;
O‘lchamlari: 148.9 x 68.1 x 8.0 mm; Vazni: 152 gramm;
Batareya: 3000 mA soat, tezkor va simsiz quvvat oladi.

Cheklangan miqdordagi Galaxy S8 Burgundy Red talqini o‘z uslubiga ega bo‘lish va boshqalardan ajralib turish istagida bo‘lganlar uchun ayni muddao. Uning joriy yilning 13 aprelidan 770 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan.

O‘qing: Samsung Galaxy S8: hozircha shundan yaxshisi yo‘q

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda oddiy talqindagi Galaxy S8 yurtimiz smartfon bozorlarida 4 747 000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.