Galaxy S8 va iPhone 7 Plus kameralari yana kuch sinashdilar

Galaxy S8 va iPhone 7 Plus kameralari yana kuch sinashdilar

Mart oyida Samsung namoyish qilgan Galaxy S8 va S8+ flagman smartfonlari joriy haftada erkin savdoga chiqarildi. Tom’s Guide nashri ulardagi kameralarga xolis berish maqsadida, yorug‘lik past sharoitda detallarga boy surat olish bo‘yicha Galaxy S8 hamda iPhone 7 Plus kameralarini sinovdan o‘tkazdi.

Galaxy S8 hamda S8+ smartfonlari ikki yonga yengilgina bukilgan ekranga ega bo‘lishgan. Super AMOLED ekran diagonali 5,8″ hamda 6,2″ dyuymli bo‘lib, ularning piksellar sig‘imi 2960 x 1440 belgiga teng. Ekran old panelning deyarli barcha qismini egallab olgan. Smartfon bosh kamerasi 12 megapikselli, Samsung bu gal kameraga texnik emas, dasturiy o‘zgartirishlar kiritgan, ya’ni tasvirni shakllantirish algoritmi takomillashtirilgan. Old kamera — 8 megapikselli va avtofokus tizimiga ega, bu esa selfi-suratlarning yorqin va tiniqligiga xizmat qiladi.

Galaxy S8 va iPhone 7 Plus kameralarida olingan quyidagi suratlar turli xil sharoitlarda olingan. Umumiy olganda, koreyalik shovvoz sifatli surat olishda peshqadam. Galaxy S8 makro-formatda va HDR rejimida suratga olishda iPhone 7 Plus’ni ortda qoldirdi. Shuningdek, yorug‘lik past sharoitda ham Samsung smartfoni yorug‘likni ta’minlashga va aniq-tiniq surat olishga harakat qiladi. Ko‘chada olingan surat ikkala flagmanda ham yaxshi chiqqan. Ammo, yonma-yon qo‘yib solishtirganda, Galaxy S8’ning qo‘li baland keladi.

Galaxy S8 old kamerasi raqibinikidan katta, ya’ni 8 (ayfonda 7 megapiksel) MP bo‘lsa ham, Apple smartfoni sifatliroq selfilar olishi bilan diqqatga sazovor. Imtihon natijalariga o‘zingiz baho bering.

iPhone 7 Plus

Galaxy S8

iPhone 7 Plus

Galaxy S8

iPhone 7 Plus

Galaxy S8

iPhone 7 Plus

Galaxy S8Old kamerada olingan suratlar:

iPhone 7 Plus

Galaxy S8

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!