Galaxy S9 kamerasida ilk marta suratga olishdi

Galaxy S9 kamerasida ilk marta suratga olishdi

Samsung Galaxy S9 hamda S9 Plus flagmanlari taqdim etilishi bilan ekspertlar uning o‘ziga xos jihatlarini, xususan kamerasini sinovdan o‘tkazib ko‘rishdi. Boisi, kamera "bayroqdor"ning muhim jihatlaridan biri.

Flagmanlarda suratni qayta ishlash uchun yangi sensor chipi o‘rnatilgan. Samsung Galaxy S9 va S9 Plus korpusida suratni qayta ishlashga mo‘ljallangan yangi protsessor o‘rnatilgan. Bu chip bir soniyada suratga olingan 12 ta kadrni qayta ishlab, har biridan eng yaxshi jihatlarini olib, ulardan yaxlit surat hosil qiladi. Natijada, surat yorqin aks etadi.

Mexanik diafragma
Bu texnologiya Samsung’ning (va kamerafon sanoatining) muhim yangiligi ekani aytilmoqda. Gap shundaki, Galaxy S9 va S9 Plus kameralarida o‘rnatilgan mexanik apertura, ya’ni yorug‘likni taqsimlaydigan moslama hali biror flagmanda kuzatilmagan.

Surat olish jarayonida 3 omilning o‘rni yuqori:

- ISO (sensorlarning sezgirligi);

- kamera modulining tezkorligi (kamera sensorining yorug‘likka ta’sirchanligi);

- apertura, ya’ni yorug‘lik taqsimlovchi moslamaning yorug‘likni qamrab olishdagi mahorati. Bularning har biri so‘nggi natijaga muhim ta’sir ko‘rsatadi.

Agar ISO darajasi oshib ketsa, suratda "shovqin" ko‘payadi. Agar kamera modulining tezkorligi past bo‘lsa, tasvir xira bo‘ladi yoki apertura hajmi keragidan katta bo‘lsa, tasvirdagi aniqlik yo‘qoladi.

Aksariyat smarftonlar ISO darajasini va kamera modulining ochilib-yopilishini nazorat qila olishadi. Biroq, hali biror smartfonda yorug‘lik moslamasini boshqarish imkoni yo‘q edi. Samsung Galaxy S9 modellari ana shu imkonsizlikka barham berdi. Buni kompaniya "qo‘sh apertura texnologiyasi" deb nomlagan.

Bunda apertura moslamasi surat olinayotgan sharoitdan kelib chiqib f/1.5 va f/2.4 oralig‘idagi standartni mustaqil belgilaydi. Natijada, yorug‘lik past sharoitda ham ISO me’yorida bo‘lib, surat yaxshi chiqadi. Agar foydalanuvchi yorug‘lik yaxshi sharoitda fokusni kattalashtirib, keng burchakli surat olish istagida bo‘lsa, kamera aperturasi avtomatik ravishda f/2.4 standartiga sozlanadi. Va, yorqin surat muhrlanadi.

Quyidagi suratlarda mazkur texnologiya imkoniyatlari aks etgan tasvirlarga baho bering.

Yuqoridagi suratlarda ko‘rinib turibdiki, Samsung'ning yangi smartfonlari "shovqin"dan ancha xoli. Selfi suratlarda bu kamchilik bir oz sezilishi mumkin. Galaxy S9 Plus nimalarga qodir ekaniga tez orada guvoh bo‘lamiz.

O‘qing: Galaxy S9 va S9+ taqdim qilindi

Super slow motion
Samsung Galaxy S9 smartfonlari kamerasidagi "DRAM" texnologiyasi sekundiga 960 kadrni muhrlash imkonini beradi. Bunday imkoniyat hali biror smartfonda yo‘q. Shuningdek, bu texnologiya yordamida olinayotgan tasvir foniga musiqani avtomatik ravishda ham qo‘yish mumkin.

Galaxy S9+ bosh kamerasi qo‘sh: 12+12 Mp; Galaxy S9 — bir dona, 12 megapikselli kamera moduliga ega bo‘lgan. Smartfonlarning selfi kamerasi iPhone X'ning old kamerasi bilan bellasha olmaydi. Sababi, bu flagmanlarda odmigina avvalgi 8 megapikselli modul tanlangan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!